ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ehtiyojmand oilalarga tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya to‘lab beriladi

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Energetika vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, mutaxassislari, shuningdek OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, anjumanda soha mutaxassislari tomonidan “Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori mazmun-mohiyati haqida keng jamoatchilikka tushuntirish berildi.

👉Batafsil

📹 Video formatda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi va tadbirkorlar uchun navbatsiz xizmat joriy etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosida oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchagi hamda 37 turdagi davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi onlayn interaktiv kioska oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Shu bilan birga, binoning ikkinchi qavatida barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskani oʻz ish faoliyatini boshladi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ 1 oylik elektr energiyasi sarfi bo‘yicha ma'lumot

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro arbitraj sohasida O‘zbekiston va Singapur vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bo‘stonliq tumanida Adliya vazirligi tomonidan 30 gektar yer maydonida bodom, na'matak va boshqa bir qator manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ Pora so‘rashsa nima qilish kerak?

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️Pora olish va pora berish ham jinoyat hisoblanadi. Ular uchun jiddiy javobgarlik bor.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qarshi tumani “Koʻchkak” mahallasida istiqomat qiluvchi Islom ota Berdimurodov bu yil 102 yoshga qadam qoʻydi. Hayratlanarlisi shundaki, 8 nafar farzandni halol mehnat bilan voyaga etkazgan va ayni paytda 30 dan ortiq nabiraning sevimli bobosi – haligacha tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olmagan. Toʻgʻrisi, bugungi “hujjat gapiradigan” davrda ushbu holatni tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fakt.

— Biz yashagan zamonlar oddiy davrlar edi, — deydi Islom ota Berdimurodov . — Oddiy dehqon boʻlganman,umrimning yarmi paxta dalasida oʻtgan. Mana, bugungi zamonga kelib hamma joylarda hujjat soʻrashyapti.

Otaxonning oʻgʻillari FHDY boʻlimiga murojaat qilgandan soʻng Qarshi tuman FHDY boʻlimi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib, Islom ota Berdimurodovga 102 yil kechikib kelgan hujjat tantanali ravishda rasmiylashtirib berildi hamda sayyor tartibda fuqaroning yashash xonadoniga yetkazildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Oltiariq tumanining markazdan 20 km olisda boʻlgan “Navqiron” mahalla fuqarolari yigʻinida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida aholi uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Fuqarolarning uzogʻini yaqin qilish va ularning muammoli masalalarini ijobiy hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda adliya organlari bilan birgalikda oʻnga yaqin tashkilotlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tarqatma materiallar asosida keng aholi qatlamiga yetkazildi.

Sayyor qabul jarayonida 60 dan ortiq fuqarolarning masalalari tinglandi. 5 ta masala adliya ish yurituviga olindi. 31 ta fuqaroga huquqiy tushunchalar berilib 30 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari