ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligidan buyuk Sohibqironga ehtirom

Bugun 9-aprelda yurtimizda buyuk bobakalonimiz sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan poytaxtning Amir Temur xiyobonida buyuk bobomiz haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda Adliya vazirligi jamoasi ham ishtirok etdi. Tadbirda ulug‘ davlat arbobi, olamgir sarkarda Amir Temur haykali poyiga vazirlik jamoasi nomidan gulchambar qo‘yildi va ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, adliya organlari va muassasalarida sohibqiron bobomiz tavalludi kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi: muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishga qaratilgan qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi

9-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi moddama-modda muhokama qilinib, ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, amaldagi qonunchilikda ushbu muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishning huquqiy asosi va tartibi mavjud emas.

Ushbu holatlardan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik subyektlarini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini hal etish, koʻchmas mulk obyektlarini toʻliq davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlash hamda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida mazkur Qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga boʻlgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda. Shuningdek, loyihada fuqarolar tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning huquqiy asoslari belgilab berilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirish uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.

Aholining ijtimoiy (propiska, moddiy yordam, maktab, bogʻcha) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Vaxta usulidagi ish va vaxta obyekti nima?

Vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar.

Vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (cho‘lda, tog‘li va aholi qatnovi bo‘lmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida Gʻallaorol tuman adliya boʻlimida xodimlar bilan suhbatlashdi, davlat xizmatlari markazi faoliyati va fuqarolar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, tumandagi bir qancha tadbirkorlik subyektlarida boʻldi. Jumladan, dastlab tumanning “Xonimqoʻrgʻon” MFYdagi “Agro in vitro” MChJga bordi, u yerda jamiyat menejeri hamrohligida jamiyatdagi ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati, jamiyat hududida olib borilayotgan bunyodkorlik, qurilish ishlari, qolaversa istiqbolli rejalarini oʻrgandi.

Shuningdek, jamiyatning mavjud muammolari, takliflari bilan oʻrtoqlashib, ularni respublika, viloyat va tuman darajasida bartaraf etish mexanizmlarini tushuntirib oʻtdi hamda zarur tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

Bundan tashqari tumanning “Mulkush” MFYdagi “SAG AGRO GʻALLAOROL” MChJga bordi va u yerda ham jamiyat ish boshqaruvchisi hamrohligida jamiyatga ajratilgan 800 ga yer maydonida tashkil etilgan yongʻoqzor va hududda yongʻoq daraxtlarini parvarish qilish bilan bogʻliq olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qolaversa, mazkur yongʻoqzorning har bir gektaridan olinadigan hosil, yongʻoq mevalarining ichki va tashki bozorga savdoga chiqarilishi yuzasidan belgilangan va kutilayotgan istiqbolli rejalar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldi. Jamiyatning mavjud huquqiy muammolari, takliflari oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar va tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Bu_qiziq

Sohibqiron bilan bir kunda tug‘ilgan Temurlar

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Jizzax viloyat yuridik texnikumida bo‘ldi

Jizzax viloyat yuridik texnikumi sohaga yetuk mutaxassislar yetishtirib berayotgan ta'limning o‘rta bo‘gini hisoblanadi. Bugunda mazkur o‘quv maskani kapital tamirdan chiqarilib, o‘quvchi va pedagogik jamoa uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Adliya vaziri A.Toshqulov texnikumdagi o‘quv xonalari, kutubxona faoliyati, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘qituvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlar jarayonida o‘qishni sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan takliflarini tingladi. Bu borada moddiy-texnik bazani yanada boyitish, o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish, o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatiga qarab innovatsiyalarni o‘quv tizimiga joriy etishga kumaklashish masalalarini alohida takidlab o‘tdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

OʻZBEGIM XON ATLASI — OʻZLIGIM NISHONASI


Xalqimizning goʻzal qadriyatlari bor. Xon atlasimiz milliyligimizdan nishona. Yurtimizda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Xon atlas festivali ana shu qadriyatga boʻlgan hurmat va ehtirom namunasidir.

Navoiyda adliya xotin-qizlari ham bu yilgi festivalga oʻzgacha koʻtarinki ruhda qarshi oldi. Festival shahar, tuman adliya boʻlimlarida ham katta qiziqish bilan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari