ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartiblari va huquqiy oqibatlari

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Adliya vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi qanday tizim?

— Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi-yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish qoidalarini buzish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlash tizimi.
______________

❓ “Ma’muriy amaliyot” moduli nima?

— Ma’muriy amaliyot” moduli-yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huhuqbuzarliklarga doir ishlarni hisobga olish, ko‘rib chiqish hamda qoidabuzarga nisbatan ma’muriy tartibda jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni shakllantiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 148-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 2-aprel kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Mahalliy kengashlar qaror loyihlarini ishlab chiqishda adliya organlarining roli

⏳Vaqti: 14:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan tanishing.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

Xalqaro press klubning Adliya vazirligi bilan hamkorlikdagi “Huquqiy axborot” loyihasi davom etadi.

📍O‘zganing shaxsiy ma'lumotlarini tarqatganlik uchun 17 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha miqdorda jarima, yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

Bugun, 2-aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda mahalliy kengashlarning qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda adliya organlarining roli haqida axborot berildi.

Ta'kidlangandek, 2023-yilda 34 mingdan ortiq qarorlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 1000 dan ortiq qarorlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga taqdim etilgan bo‘lsa, ulardan 800 dan ortig‘iga ijobiy xulosalar berilgan.

Joriy yilning birinchi choragida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy kengashlar tomonidan hududiy adliya organlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan qarorlari loyihalari 400ga yaqin bo‘lib, shundan 200dan ortig‘iga ijobiy xulosalar berilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi tomonidan respublika boʻylab yoshlar aksiyasi oʻtkazilmoqda. Navoiy viloyatida ham aksiya doirasida masalasi ijobiy hal etilayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda.

Xususan, Xatirchi tumanining togʻ yon bagʻrida joylashgan “Baxshijar” va “Maydonsoy” mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar ishga joylashtirilib, ularga tadbirkorlikni boshlash uchun imkoniyat yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

STATISTIKA XODIMINING 28 900 000 SOʻMLIK USTAMA PULLARI UNDIRIB BERILDI

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X. Abdullayev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 29-martdagi 4-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 1-apreldagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius X.Jo‘rayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 2-apreldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️Karmana tumanida
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Sharopovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 2-apreldan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida Qorakoʻl “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Internat uyida yashayotgan 6 nafar fuqarolarning manfaatida sud orqali tugʻilganlik fakti belgilanib, Qorakoʻl tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi tomonidan fuqarolarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Qanday joylar turar joy va xizmat turar joylari hisoblanadi?

— Turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

Xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin erda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar.
______________

❓Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari kim orqali ko‘rsatiladi va ushbu davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 1-apreldagi 3-son yig‘ilish qaroriga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 2-apreldagi tegishli buyrug‘i bilan:

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Soibovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 3-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️G‘ijduvon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Mullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️Kogon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Gulamovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 4-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius U.Saxatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Xatamovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 8-aprel kunidan 6 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari