ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya xalqaro maydonda. Qonun ijodkorligini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha milliy tajriba taqdimot qilindi

2024-yilning 28-mart kuni MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklari o‘rtasida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) imkoniyatlari haqida taqdimot qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA DOIRASIDA 19 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI


Qamashi tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida tumandagi olis hudud "Elobod" mahallasida yashovchi Ashuraliyevlar oilasi 19 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan edi.

Fuqarolar Husniddin Ashuraliyev va Zulfiya Boboqulovalarning nikohi aksiya doirasida qayd etilib, hujjatlari sayyor tartibda yetkazib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

TDYUda tahsil olayotgan talaba yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Adliya vazirligi markaziy apparatida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Bo’lajak yuristlarga vazirlikning faoliyati yuzasidan ma'lumotlar, tizimda ishlash uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, boshqarmalar xodimlari va talaba yoshlar o'rtasida suhbatlar, fikr va mulohazalar o’tkazilib, yoshlar soha bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Qolaversa, talabalarga tizim fidoyilari, umuman olganda tizimning tarixi bilan tanishish maqsadida vazirlik organlari tarixi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA DOIRASIDA ENG YOSHI ULUG' INSONNING TUG'ILISHI QAYD ETILDI

Navoiy viloyatida "Hech kim hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida 94 yoshli Anorxon ayaga tug'ilganlik guvohnomasi topshirildi. Anorxon aya Nurota tumanining olis hududlaridan biri — Qizilcha qishlog'ida istiqomat qilmoqda.

Xatlov mobaynida 1930-yil 1-iyulda tug'ilgan Musurmonova Anor onaning shu kunga qadar tug'ilishi qayd etilmaganligi aniqlandi.

Adliya xodimlarining arizasiga asosan, fuqaroga nisbatan sud qarori asosida yuridik fakt belgilanib, tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

— Shu paytgacha onamning nafaqa pullarini olishga doim qiynalganmiz. Shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo'lmagani uchun har oy nafaqa berilishidan avval mahalladan kelib rasmga tushirishib ketishardi. Bugun hujjatlarini qo'lga oldik. Endi mushkulimiz oson bo'ldi, — deydi, onaxonning qizlari Shakaroy Yuzboyeva.

@adliyangiliklari
📢📢 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 1-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash, sotish, sotib olish va ulardan foydalanish tartibi hamda uning huquqiy oqibatlariga oid qonunchilik hujjatlari

Tadbirda Adliya vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan barcha notariuslar uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda notariuslarning rolini yanada oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda mazkur sohada maxsus vakolatli organ hisoblangan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ham o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Shu bilan birga, amaliyotda uchrayotgan ushbu sohaga oid masalalar seminar davomida muhokama qilindi va notariuslarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartiblari va huquqiy oqibatlari

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Adliya vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari