ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida Navro‘z

Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e'tirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydigan ayyomdir.

Xalqimiz hayotida ham Navro‘z bayramining tutgan o‘rni, qalblarda uyg‘otadigan zavqi bo‘lakcha. Negaki, bu xalqona va ardoqli bayram kishi ruhiyatiga harir qishdan so‘ng navbahor shodligini, bahoriy uyg‘onish va iliqlikni olib kiradi.

Mazkur bayram munosabati bilan Adliya vazirligida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy apparat, adliya organlari va muassasalaridan vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri Akbar Toshqulov Navro‘z bayramining tarixi, uning o‘ziga xosligi haqida fikr bildirib, Navro‘z nafaqat to‘kin-sochinlik, balki xotirjamlik, tinch-totuvlik ramzi, elu yurt birlashib nishonlanadigan ulug‘ bayram sifatida ham ardoqlanishiga urg‘u berdi hamda ushbu sana bilan barcha xodimlarni samimiy tabrikladi.

Bayram arafasida bir guruh Adliya vazirligi xodimlari qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llashni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va aholiga yuqori malakali yuridik xizmatlarni ko‘rsatish doirasidagi yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayogani va samarali mehnat faoliyati uchun taqdirlandilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Huquqiy axborot kuni

Haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil qilinib kelinmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ushbu loyiha doirasida Qarshi shahridagi saylgohlarda yoshlar hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Aholiga “Isteʼmolchilar huquqi” mavzusi boʻyicha batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari boʻyicha testlar hamda huquqiy savol-javoblar oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish qanday amalga oshiriladi?

— Bola huquqlari bo‘yicha vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda, arizalar hamda takliflarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil sudning vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.

Anonim murojaatlar Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-son Qonuni.


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 20-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Ushbu qonunga ko'ra sanoat mulki obyektlariga (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, firma nomi) nisbatan huquqbuzarlik oqibatida huquq egalariga yetkazilgan zararning o‘rniga aybdor shaxslardan BHMning 20 – 1000 baravari miqdorida tovon to‘lashni talab qilish tartibini joriy qilish nazarda tutilgan.

Bunda huquq egasi xohlasa zararni, xohlasa uning o‘rniga tovon to‘lashni talab qilishi mumkin.

Qonunchilikka kiritilayotgan bunday o'zgartirish va qo'shimchalar bilan quyidagilarga, xususan:
- huquqbuzarliklarning oldini olishga;
- huquq egalarining o‘z huquqlarini himoya qilishda manfaatdorligini oshirishga;
- huquq egasidan sanoat mulki obyektidan noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zararning aniq miqdorini isbotlashdan ozod qilishga erishiladi.

@adliyangiliklari
📢📢 21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish hamda Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish munosabati bilan 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi, "Notarius" avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari vaqtinchalik cheklanishi ma’lum qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va savollar bo‘yicha "1008" va “1148” raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21-mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar kimlar?

— O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, homiylari va sud tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslar (voyaga yetmagan yoki 1-guruh nogironligi bo‘lgan farzandlar, o’zgalar parvarishiga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo‘lgan yoki yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqot olib bordi.

Xususan, adliya vaziri Namangan shahridagi “Asror tekstil sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, korxonaning ishchi xodimlari bilan suhbat oʻtkazdi.

Namangan viloyatidagi yirik eksportyor korxonada 300 nafar ishchi xodim faoliyat olib boradi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi chet davlatlarga eksport qilinadi.

Mazkur korxona faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolar boʻyicha takliflar oʻrganildi hamda ularning yechimi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📹 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog‘iga joylashtirib borilmoqda.

Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

O‘z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang.

Batafsil 👉youtube.com/adliya

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy Kengashlari deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasi oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Vakolatli organlar tomonidan sud-xatshunoslik ekspertizasiga taqdim etish uchun namunalar yig‘ishdagi xorijiy davlatlarning tajribalari qanday


👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari har bir mahallaga kirib bormoqda


Adliya vazirligi tomonidan mahallalarda onlayn xizmatlardan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioskalar joriy qilindi. Mazkur kioskalarda hozirda aholi uchun 37 ta xizmat ko‘rsatiladi. Ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar Markazga murojaat etuvchilarning 43 %ini tashkil etadi.

Yil yakuniga qadar tuman markazidan uzoqda joylashgan mahallalar va aholi gavjum bo‘lgan joylarda 1 500 ta interaktiv kioskalar joylashtiriladi hamda interaktiv kioskalar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 70 taga yetkaziladi.

Foydalaniladigan xizmat turlari:
▪️maʼlumotnomalar berish
▪️hisobga qo‘yish
▪️ijtimoiy himoya
▪️litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish
▪️notarial harakatlar.

Yuzni skaner qilish (Face-id) orqali foydalanuvchining shaxsi tasdiqlanib identifikatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda pasport seriya va raqamini kiritish NFC rider orqali amalga oshiriladi.

15 turdagi xizmatlar bo‘yicha mahalladagi masʼul shaxslarni agent sifatida o‘qitiladi.

Foydalaniladigan xizmat turlari:
▫️Pensiya miqdori haqida maʼlumotnoma berish
▫️Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish
▫️Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish
▫️Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish
▫️Fuqaro pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish
▫️Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish
▫️Elektr taʼminoti loyihasini kelishish
▫️Gaz tizimini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish
▫️Gaz taʼminoti loyihasini kelishish
▫️Ichimlik va oqova suv hisoblagichini plombalash va shartnoma tuzish
▫️Ichimlik va oqova suv tizimi loyihasini kelishish
▫️Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini berish
▫️Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish
▫️Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
▫️Oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish.

@adliyangiliklari