#Ziyo_ulash
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan mahallada kutubxona tashkil etildi
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan 19-mart kuni Yunusobod tumanidagi “Bogʻi eram” mahallasida kutubxona tashkil etildi.
Navroʻz ayyomi arafasida tashkil etilgan kutubxona ochilishi aholi uchun chinakam sovgʻa boʻldi.
Markaz tomonidan siyosiy-ijtimoiy-ma’rifiy kitoblardan tortib huquqiy bilimlarni oshiruvchi toʻplamlar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat qariyb 400 dona turli xil kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iborat.
Madaniy-ma’rifiy tadbirda qatnashganlar kitob eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai ekanligini ta’kidlashdi.
@adliyangiliklari

#ziyo_ulash aksiyasining navbatdagi bosqichi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida Navro‘z bayrami arafasida 108 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Aksiya davomida respublikadagi 213 ta mahallada kutubxona tashkil qilinib, 60 mingga yaqin kitoblar, 155 ta kompyuter va 2 240 dan ortiq mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Aksiyada adliya organlari bilan birgalikda “O‘zArxiv” agentligi, Notarial palata, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hamda Intellektual mulk markazi ham ishtirok etdi.
Kelgusida Adliya vazirligi tomonidan kutubxona tashkil qilingan mahallalarda kitobxon yoshlar uchun respublika bo‘yicha tanlov tashkil etilishi rejalashtirilgan.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri TDYU talabalar turar-joylarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi
Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalar turar-joylarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida turli sport musobaqalari, milliy o‘yinlar, “Osh chempionati” kabi madaniy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bo'lib o'tgan bayram tadbirlari doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Vazir dastlab muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, bu yerdagi kutubxona, oshxonalar, sport zali va yashash xonalarini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga talabalar turar-joyidagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shuningdek, A.Toshqulov talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Yakunda vazir talabalar bilan birga “Sumalak sayli”da ishtirok etdi.

#Adliyadan_javob
❓ Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi nima?
— Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi – mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal va idoraviy uy-joy fondidan olib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanishga berish uchun mo‘ljallangan uy-joy fondi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
"Ziyo ulash" aksiyasi “Mumtoz”da!
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Mumtoz" mahallasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan kutubxona tashkil qilindi.
Kutubxonaning ochilish tadbirida Yashnobod tuman adliya bo’limi, faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, maktab o‘quvchilari, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.
“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kutubxonaga faxriy yozuvchilar tomonidan ham adabiyot tuplamlari tuxfa etildi.
Kitoblar bilan birga adabiyotlarning elektron va audio shakliridan foydalanish maqsadida elektron kutubxona ishini tashkil etilishi uchun zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.