#Adliyadan_javob
❓ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) ta’rifini bering?
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyati bilan bola huquqlarini himoya qilishning mavjud shakllarini va vositalarini to‘ldiradi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirishga va uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, fuqarolarning bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga yordamlashadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hisobdordir.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil guvohnomadan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-son Qonuni.
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi hamda adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.
Konstitutsiya huquqi fani bo‘yicha:
🥇Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xalilova Iroda Abdisalom qizi 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🥈Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xaydarova Ruxshona Shokir qizi 2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🥉Andijon viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi Sadirdinova Oynigor Aslidin qizi 3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Mehnat huquqi fani bo‘yicha:
🥇Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Ulmasova Sevinch Uktamovna 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🥈Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi 2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🥉Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchisi Xoshimova O‘g‘iloy Abdukayum qizi 3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, olimpiada g'oliblarini tayyorlagan fan o'qituvchilari ham e'tirof etilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonda kriptovalyuta, kripto aktivlar aylanmasi, mayning faoliyati, javobgarlik masalalari muhokama etildi
👉Batafsil

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tanlov o‘tkazildi

#Ziyo_ulash
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan mahallada kutubxona tashkil etildi
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan 19-mart kuni Yunusobod tumanidagi “Bogʻi eram” mahallasida kutubxona tashkil etildi.
Navroʻz ayyomi arafasida tashkil etilgan kutubxona ochilishi aholi uchun chinakam sovgʻa boʻldi.
Markaz tomonidan siyosiy-ijtimoiy-ma’rifiy kitoblardan tortib huquqiy bilimlarni oshiruvchi toʻplamlar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat qariyb 400 dona turli xil kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iborat.
Madaniy-ma’rifiy tadbirda qatnashganlar kitob eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai ekanligini ta’kidlashdi.