ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

16-18 mart — umumxalq  xayriya hashari kuni.

Shu munosabat bilan bugun  Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda  FHDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari  xodimlari erta tongdan "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida  umumxalq xayriya hasharida faol qatnashishdi. Bahamjihat bo‘lib obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.

Binolar saranjom-sarishta ko‘rinishga keltirilib, atrof-muhit tozalandi. Joylarda  ko‘kalamzorlashtirish, gul ekish ishlari bajarildi.

Har bir xodim ishni yaxshi kayfiyatda o‘z xonasini tartibga keltirishdan boshladi. Shundan so‘ng, tevarak-atrof tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, yangi ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarga qo‘shimcha parvarish berish ishlari olib borildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi boshlig'i Zayniddin Tulyaganov va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b Islambek Rustambekov Qashqadaryo viloyatidagi ta'mirlanayotgan yuridik texnikum binosi bilan tanishdi.

Qurilish sifatini doimiy nazorat qilish, ushbu ta'lim dargohi har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o'zida mujassamlashtirishi va bu muassasada yetuk yurist-kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini ta'kidlanib, qurilish bo'yicha muhim tavsiya va takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, qurilishni olib borayotgan korxona rahbarlari bilan suhbatlashib, ishlarni o'z vaqtida va sifatli qilib bitirish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyada_hashar

"Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Adliya vazirligi xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalari qo‘shdi.

@adliyangiliklari
#Adliyada_hashar

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Hashar mamlakatimizning qadimgi tarixga ega va eng olijanob milliy an'analaridan biridir.

Mazkur an'analarni davom ettirgan holda yurtimizda 16–18-mart — umumxalq xayriya hashari kuni deb belgilandi.

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Vazirlik tizimidagi barcha muassasalar, hududiy adliya organlari, idoralar atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Daraxtlarga shakl berilib, turli xil ko‘chatlar ekildi.

Jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamjihatlik, ahilllik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirda binolar hududi, xizmat xonalari ham tozalandi.

O‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
📢📢 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga

Bugun, 18-mart kuni soat 12:00 da AOKAda Adliya vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar va ''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @Rasmiy_aloqabot ga yuboring.

Anjuman "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

@adliyangiliklari
📲 Internet firibgarlaridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi tavsiyalar yuqoridagi infografikada.

@adliyangiliklari