#Adliya_aksiya
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.
Xususan, Kosonsoy tumanida yashovchi 78 yoshli Abdurasul Gulamov va 71 yoshli Begali Sadirovga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomalari topshirildi.
Maʼlumot uchun, huquqiy aksiya doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi:
🔹77 nafar shaxslarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar takroriy berildi;
🔹16 nafar shaxslarning uzoq yillar davomida rasmiylashtirilmay qolib ketgan olimi qayd etilib, oʻlim haqidagi guvohnomalar berildi;
🔹57 nafar shaxslarga tugʻilganlik, nikoh va oʻlim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
🔹58 nafar sharʼiy nikoh asosida oila qurib yashab kelayotgan oilalarning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkaziladigan viktorina savollarida siz ham ishtirok etib, sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin.
@adliyangiliklari
“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkaziladigan viktorina savollarida siz ham ishtirok etib, sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin.
@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya
AKSIYA OLIS HUDUDLARGA HAM YETIB BORDI
Kitob tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan “Kuxsor” mahalla fuqarolar yigʻini tumanning olis togʻli hududi hisoblanadi. Togʻliklar kerakli yumush bilan tuman markaziga har doim ham bora olishmaydi.
Baʼzida uzoq masofa sabab boʻlsa , baʼzida ob — havoning noqulayligi xalaqit beradi. Kuxsor qishlogʻida yashovchi Xomidovlar oilasi shu kunga qadar sharʼiy nikohda yashab kelayotgan edi. Vaqtida olinmagan nikoh hujjati sababli tugʻilgan farzandlariga ham guvohnoma olisholmadi.
Kitob tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan xatlovlar jarayonida holat aniqlanib, fuqarolar U.Xomidov va N.Xoliqulovalarning nikohi rasmiylashtirib berildi hamda bir nafar farzandlarining tugʻilish guvohnomasi ham yashash manziliga sayyor tartibda yetkazildi. Aksiya davom etmoqda.

#Adliya_xabari
Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Intellektual mulk markazi direktori B.Sagdullayev O‘zbekistonda intellektual mulk sohasining so‘nggi yillarda rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan ishlar, sohaga oid xalqaro hamkorlik va kelgusi rejalar bilan mehmonlarni tanishtirdi.
O‘z o‘rnida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev o‘z tashkilotining tarixi, belgilangan maqsadlar, ushbu tashkilotga qo‘shilishning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Bundan tashqari, G. Ivliyev Intellektual mulk markazining mutaxassislarini Yevrosiyo patent idorasida stajirovka o‘tishi imkoniyatlari, malakalarini oshirishlari va ikkitomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligini belgilab o‘tdi.

Maktab bitiruvchilarini DXM xizmatlaridan onlayn foydalanishlari uchun maxsus kurslar tashkil etildi
👉Batafsil

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Adliya vazirligi tomonidan vazirlik, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati mas'ul xodimlariga “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish doirasida ma'muriy hujjat va ma'muriy ish yuritish mavzularida onlayn trening tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 15-mart kuni Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari tomonidan vazirlik, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati mas'ul xodimlariga “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish doirasida ma'muriy hujjat va ma'muriy ish yuritish mavzularida onlayn trening tadbiri tashkil etildi.
Bunda ma'muriy organlar tomonidan ma'muriy hujjat qabul qilish vakolati, uning shakliga rioya qilish, asoslantirilishi, kuchga kirishi, amaliyotda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar hamda ma'muriy ish yuritish tushunchasi va bosqichlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

16-18 mart — umumxalq xayriya hashari kuni.
Shu munosabat bilan bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari erta tongdan "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hasharida faol qatnashishdi. Bahamjihat bo‘lib obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.
Binolar saranjom-sarishta ko‘rinishga keltirilib, atrof-muhit tozalandi. Joylarda ko‘kalamzorlashtirish, gul ekish ishlari bajarildi.
Har bir xodim ishni yaxshi kayfiyatda o‘z xonasini tartibga keltirishdan boshladi. Shundan so‘ng, tevarak-atrof tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, yangi ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarga qo‘shimcha parvarish berish ishlari olib borildi.

Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi boshlig'i Zayniddin Tulyaganov va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b Islambek Rustambekov Qashqadaryo viloyatidagi ta'mirlanayotgan yuridik texnikum binosi bilan tanishdi.
Qurilish sifatini doimiy nazorat qilish, ushbu ta'lim dargohi har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o'zida mujassamlashtirishi va bu muassasada yetuk yurist-kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini ta'kidlanib, qurilish bo'yicha muhim tavsiya va takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, qurilishni olib borayotgan korxona rahbarlari bilan suhbatlashib, ishlarni o'z vaqtida va sifatli qilib bitirish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.