ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Navoiy viloyatida yoshlar masalalari uyma-uy o'rganilib, murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida tegishli choralar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi manzil — Xatirchi tumani Maydon qishlog'i. Tog' yon bag'rida joylashgan mazkur hududning yoshlari bilan muloqot o'tkazilib, huquqiy masalalar o'z joyida tahlil etildi.

Murojaatlarning aksariyati bandlik bilan bog'liq. Ayniqsa, kun sovugani bois mavsumiy ishlar vaqtinchalik to'xtagan. Muloqot davomida ikki nafar yoshga nemis tilini o'rganishi uchun yo'llanma berilgan bo'lsa, yana bir nafariga ustachilik faoliyati uchun asbob-uskunalar olib berilishi belgilandi. Qolganlarini, murojaatlariga ko'ra ishga joylashtirish choralari belgilandi.

@adliyangiliklari
📢📢 Jurnalistlar va jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 4-mart kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar hamda "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori mazmun mohiyati

Tadbirda Adliya vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollar uchun 👉 @MARKAZ16Uz

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTube'dagi sahifasi orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Shahrisabz shahrining "Zingiron" yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi
.

Tuman adliya bo'limi tomonidan mahalla kutubxonasiga Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 dan ortiq turdagi kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.

"Zingiron" mahallasida kutubxonaning  ochilishi mahalla yoshlarini quvontirdi.

Shahrisabz shahar adliya bo'limi, FHDY bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazi  jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 300 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi

Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etildi. Tadbir qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

MIRISHKORLIK TADBIRKOR FOYDASIGA 1,8 MLRD SO'M UNDIRIB BERILDI

Mirishkor tumani “Jeynov” qishlog’ida faoliyat yurituvchi “Avvona Davr Ko’makchisi” MChJ rahbari O. Boyeva Mirishkor tuman adliya bo‘limiga tumandagi bir qator davlat tashkilotlari tomonidan o’zaro tuzilgan pudrat shartnomasida kelishilgan pullarni to’lab berilmayotganligidan norozi bo’lib murojaat qildi.

Tadbirkorning murojaati Mirishkor tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganilib, Kasbi tumanlararo Iqtisodiy sudiga 5 ta davo arizasi kiritildi.

Adliya aralashgach: Mazkur da’vo arizalar joriy yilning 29-fevral kuni Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan to’liq qanoatlantirilib, "Avvona Davr ko'makchisi" MChJ foydasiga qarzdor tashkilotlardan jami 1 833 000 000 so'm undirib berildi.

@adliyangiliklari
Ekspertiza xulosalariga baho berishdagi xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari qanday

Sud-tergov organlari maʼlum bir masalani hal qilishda aksariyat holatlarda muayyan sohada bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan ekspertlarga tayanadi.

Koʻpincha ularning xulosalari dalil sifatida qabul qilinadi.

Biroq, bu ularning xulosalarini ishonchliligini koʻrib chiqishning hojati yoʻq degani emas.

Batafsil 👉https://sudex.uz/?p=6350

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ikki notarius litsenziyasi ikki oyga to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan boshqarma boshlig‘ining 2024-yil 4-martdagi tegishli buyrug‘i bilan

Bulung‘ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Salimov va Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Qo‘shatovlarga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati joriy yil 4-martdan 2 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

📢📢 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning mart oyi “Xotin-qizlar huquqlari” oyligi deb e'lon qilindi

Oylik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

✔️Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

✔️ kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish;

✔️ “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

✔️ Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya xodimining videokundaligi


Adliya xodimlari faqatgina “kabinet”da faoliyat olib bormaydilar! Balki, xalq orasida fuqarolarning masala va muammolarini, takliflarini o‘rganib boradi. Unga qonuniy yechim izlaydi.

Masalan, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Farg‘onada tuman va shahar adliya idoralari xodimlari shu kunga qadar mahallalarda minglab xonadonlarga kirib borgan hamda 12 ming 300 dan ortiq fuqarolarga hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

Ushbu lavhada adliya xodimining ish paytidagi bir lahzasi ifoda etilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va Qirg‘iziston adliya vazirliklari xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati hamkorlikda jamiyatning yuridik xizmati rahbar va xodimlari uchun mo'ljallangan "Bank sohasini huquqiy ta’minlash " mavzusidagi qisqa muddatli o'quv kursiga start berdi.

@adliyangiliklari