ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Samarqand adliyasi jamoatchilikka hisobot berdi

Bugun viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2023-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i S.Sattorov ishtirokchilarga o‘tgan yildagi faoliyat sarhisobi, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

— O‘tgan yili huquqni qo‘llash sohasida 681 ta nazorat tadbirlari, 169 888 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan, — dedi o‘z so‘zida Salohiddin Sattorov. — Ahamiyatlisi, qonunbuzilishlar o‘tgan yilda 2022-yildagiga nisbatan 277 096 taga kamaygan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va Respublika sud-ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasida fuqarolarni qabul qilish, ular uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlari, “Infokiosk” – o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminali, online davlat xizmatlaridan foydalanish, situatsion markaz tizimlarining ish faoliyati hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, Respublika sud-ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limida sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Karmana tumani "Ziyokor" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazib, masalalarni uyma-uy yurgan holda o'rgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 29-fevral kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Tadbirkorlarga xarajat va majburiyat yuklatadigan byurokratik tartib-taomillar bekor qilinishi yuzasidan

⏳Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Eng iqtidorli oʻquvchi” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Tanlov nizom talablariga muvofiq 4 ta shart asosida olib borildi. Hamkor vazirlik tashkilot idoralarning vakillaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati mazkur shartlarni baholab bordi.

Ayni damda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Bunda yuridik texnikumlarning oʻqituvchilari 4 ta shart boʻyicha oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

@adliyangiliklari