ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya tizimi vakillari 4-sektor hududidagi yoshlarning ijtimoiy sharoitlari va oilaviy holatlarini mahallalar kesimida oʻrganmoqda.

Jumladan, kuni kecha Qoʻqon shahar “Buloqboshi”mahallasida olib borilgan oʻrganish ishlari davomida Furqat koʻchasida yashovchi Dilshoda Mamajonovaning ijtimoiy holati koʻzdan kechirildi. D.Mamajonova tadbirkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tikuv mashinasini ham, doʻkonni ham ijaraga olgan. Ustiga-ustak oʻzi ham ijarada yashaydi.

Mahallabay oʻrganishlar davomida Dilshoda adliya vakillaridan tikuv mashinasi olishda yordam berishini soʻrab murojaat qildi. Uning ushbu iltimosi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan qanoatlantirilib, homiylik asosida unga maxsus tikuv mashinasi olib berildi.

Dilnoza Oʻrinboyeva ham Qoʻqon shahrining Furqat koʻchasida bir nafar farzandi bilan yolgʻiz istiqomat qiladi. U yaqinda xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan. Gap shundaki, uning qoʻlida guldek hunari boʻlsa-da, turli pishiriqlar tayyorlab savdo qilish uchun uning texnik vositalari yoʻq. Oʻrganishlar davomida unga maxsus pech zarurligi oydinlashdi. Adliya vakillari tomonidan unga subsidiya asosida pishiriq pishirish uchun maxsus pech olib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 23-fevraldagi 27-um-sonli buyrug‘i bilan Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ulanuvchi notarius L.Boltayevning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi amal qilishi 2024-yil 23-fevraldan bir oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

📈 Yuridik xizmat markazlari tomonidan berilgan huquqiy xulosalar

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

“IMUDON” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga “Abbot Products Operations AG” (Shvetsariya) kompaniyasining unga tegishli bo‘lgan “IMUDON” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rish to’g’risidagi murojaati kelib tushgan.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda MChJ “E.M.P.”ga nisbatan tekshirish o‘tkazilganda “IMUDON” tоvаr belgisiga iste’molchilarni fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Aksan Imudon” nomli dori vositalari ishlab chiqarilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan MChJ “E.M.P.”ga nisbatan huquqbuzarlikni bartaraf etish to’g’risida majburiy bo’lgan taqdimnoma kiritililgan va aniqlangan 600 dona kontrafakt dori vositalari yo’q qilib tashlangan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida Ilmiy tadqiqotlar tayyorlash masalalariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov xizmat safari bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.

Tumandagi “Melixo‘ja” mahallasi, “Enam yaxshi-2” qishlog‘ida “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod xonadan” dasturlari doirasida yo‘l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishib, belgilangan ishlar qonunchilik talablari asosida olib borilayotganligini ko‘zdan kechirdi va mas'ullar bilan birgalikda hududni obod maskanga aylantirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i ushbu hududdagi 30 ga yaqin xonadan aholisi bilan uchrashib, aholining fikr mulohazalarini tingladi va ular o‘rtaga tashlagan huquqiy masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berdi. Tuman adliya bo‘limi tomonidan "Hech kim hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida hudud aholisining ushbu masalalari ro‘yxatga olindi.

@adliyangiliklari
📢📢 Bugun, 26-fevral kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonning mazmun-mohiyati

Tadbirda Adliya vazirligi va tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

Anjuman "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' huquqiy aksiyasi doirasida 2024-yil 20-yanvardan — 23-fevralga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Eksklav hudud — Soʻx tumani davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish sektori tashkil etildi.


Ushbu sektorning ahamiyati shundaki, unda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirish bilan birga, fuqaro davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan paytda xizmatlardan onlayn foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy tushuntirishlar oladi.

Bu esa mustaqil ravishda ariza yuborish imkoniyatini taklif qilish, fuqarolarning ixtiyoriga koʻra, ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish hisoblanadi.

Bu amaliyot tez kunlarda Fargʻona viloyatining barcha tuman va shahar davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya taqdimnomasi bilan qonunbuzilishining oldi olindi

Mirzaobod tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ish haqi va boshqa toʻlovlarning xodimlarga o‘z vaqtida toʻlanishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM