ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston dunyoga ochilmoqda, har jabhadagi oʻzgarish va yangilanishlar aholi turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Namangan viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 22-fevral kuni barchaga maʼlum va mashhur “Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil 👉videoda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda  

Mahallalarda uyma-uy yurish, aholi muammolari va murojaatlarini o‘rganish, hal etish, ijtimoiy maʼnaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha “mahalla yettiligi”, adliya xodimlari va tegishli tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlari tuzildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Fayzobod”, Piskent tumanidagi “Yangiobod” va “Mo‘minobod”  mahallalarida bo‘lib, adliya organlari tomonidan mahallalarda ishlash va aholi muammolarini o‘rganishni tashkil etishda asosiy eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligida Urganch shahar "Doʻstlik va NNTlar uyi"da fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, NNT xodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda NNT xodimlarining ishtiroki yuzasidan soʻz yuritildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda soha faoliyatida vujudga kelayotgan turli muammolar muhokama qilinib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@adliyangiliklari
👍1
#Adliya_xabari

Qoʻqon shahar davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish sektori tashkil etildi

Ushbu sektor aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Fuqaro davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan paytda xizmatlardan onlayn foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy tushuntirishlar oladi.

Maqsad — mustaqil ravishda ariza yuborish imkoniyatini taklif qilish, fuqarolarning ixtiyoriga koʻra, ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish hisoblanadi.

Yaqin kunlarda bu amaliyot Fargʻona viloyatining barcha tuman va shahar DXMlarida joriy qilish rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Jazoni ijro etish muassasasida nikoh qayd qilindi


Har bir fuqaro qayerda boʻlmasin huquqlaridan doim foydalanishga haqli, ularning manfaatlari qonun himoyasida. Garchi u jazoni ijro etish muassasasida boʻlsa ham. Inson baʼzan adashadi, adashganlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, imkoniyat berish, kechirimlilik esa xalqimizga xos ezgu xislat. Bu qadriyatlar qonunchiligimizda ham oʻz aksini topgan.

Nimaga bu haqida soʻz boshladik, boisi, mahkumlar orasida ham ana shu eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan toʻgʻri xulosa chiqarib, hayotini izga solishga harakat qilayotganlari, davlatimizning mehr va eʼtiboridan bahramand boʻlayotganlari talaygina.

Pastdargʻom tumanidagi 37-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan F.U. hamda N.G‘. ulardan biri. “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mazkur manzil koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan ushbu mahkumlar fuqaro sifatida qonuniy huquqlaridan foydalanishdi. Ular oila qurish maqsadida nikohdan oʻtish uchun Pastdargʻom tuman 2-son FHDY boʻlimiga ariza bilan murojaat qildi va ularning nikohi kuni kecha muassasada tantanali qayd etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Vazir oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazdi.


Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov ishtirokida Koʻkdala tumanining “Guliston” mahallasida manzilli targʻibot tashkil qilindi. Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan muammolar, huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatni shakllantirish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratildi.

Tadbirda “mahalla yettiligi” hamda faollar ishtirok etishdi. Xususan, vazir oʻrinbosari xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, kommunal toʻlovlar, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiya taʼminoti masalalari boʻyicha aholiga tushuntirishlar berdi.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

📈 DXMda qachon navbat kam bo‘ladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya tizimi vakillari 4-sektor hududidagi yoshlarning ijtimoiy sharoitlari va oilaviy holatlarini mahallalar kesimida oʻrganmoqda.

Jumladan, kuni kecha Qoʻqon shahar “Buloqboshi”mahallasida olib borilgan oʻrganish ishlari davomida Furqat koʻchasida yashovchi Dilshoda Mamajonovaning ijtimoiy holati koʻzdan kechirildi. D.Mamajonova tadbirkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tikuv mashinasini ham, doʻkonni ham ijaraga olgan. Ustiga-ustak oʻzi ham ijarada yashaydi.

Mahallabay oʻrganishlar davomida Dilshoda adliya vakillaridan tikuv mashinasi olishda yordam berishini soʻrab murojaat qildi. Uning ushbu iltimosi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan qanoatlantirilib, homiylik asosida unga maxsus tikuv mashinasi olib berildi.

Dilnoza Oʻrinboyeva ham Qoʻqon shahrining Furqat koʻchasida bir nafar farzandi bilan yolgʻiz istiqomat qiladi. U yaqinda xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan. Gap shundaki, uning qoʻlida guldek hunari boʻlsa-da, turli pishiriqlar tayyorlab savdo qilish uchun uning texnik vositalari yoʻq. Oʻrganishlar davomida unga maxsus pech zarurligi oydinlashdi. Adliya vakillari tomonidan unga subsidiya asosida pishiriq pishirish uchun maxsus pech olib berildi.

@adliyangiliklari