ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o'rganildi

2024-yil 22-fevral kuni adliya vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Denov tumaning "Surxondiyor" va Angor tumanining "O'zbekiston" mahallalarida uyma-uy yurgan holda yechimini kutayotgan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarning takliflari o'rganildi.

Uyma-uy yurish jarayonida jami 1 422 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 9 000 dan ortiq aholining muammolari o‘rganilib, 800 dan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi aholining turli huquqiy va boshqa sohalarga oid muammolari mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolarning 80 dan ortig‘i  joyida hal etilishi ta’minlandi. Shuningdek, 70 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

Ishchi guruh tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash” aksiyasi Koʻkdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida davom etdi.

Viloyat markazidan qariyb 70 km uzoqlikda joylashgan “Guliston” mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi. Kutubxonaning ochilish tadbirida adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov, tuman hokimi X.Jo'rayev, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari masʼullari ishtirok etdi.

“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 400 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston dunyoga ochilmoqda, har jabhadagi oʻzgarish va yangilanishlar aholi turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Namangan viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 22-fevral kuni barchaga maʼlum va mashhur “Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil 👉videoda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda  

Mahallalarda uyma-uy yurish, aholi muammolari va murojaatlarini o‘rganish, hal etish, ijtimoiy maʼnaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha “mahalla yettiligi”, adliya xodimlari va tegishli tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlari tuzildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Fayzobod”, Piskent tumanidagi “Yangiobod” va “Mo‘minobod”  mahallalarida bo‘lib, adliya organlari tomonidan mahallalarda ishlash va aholi muammolarini o‘rganishni tashkil etishda asosiy eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligida Urganch shahar "Doʻstlik va NNTlar uyi"da fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, NNT xodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda NNT xodimlarining ishtiroki yuzasidan soʻz yuritildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda soha faoliyatida vujudga kelayotgan turli muammolar muhokama qilinib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@adliyangiliklari
👍1