#Davlat_xizmatlari
☕️ Qashqadaryo viloyatida hukm surayotgan sovuq ob-havo sharoitida 16 ta tuman va shahar davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarga issiq choy va qahva ulashilmoqda.
@adliyangiliklari

#Sarhisob_2023
📈 Adliyacha iqtisod: tizimda tejab qolingan energiya va qog‘oz miqdori
@adliyangiliklari
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Ma'rifatga eltuvchi yo‘llar har doim ochiq bo‘lgan. Uning ravonligini, imkoniyatlarini oshirish esa o‘z ixtiyorimizda. Bugun o‘sha yo‘llar bizga, ko‘nglimizga yanada yaqinlashmoqda. Faqat unga eshiklarimizni ochsak bas.
Biz bilan bir vaqtda yashayotgan, o‘qiyotgan har bir yosh, har bir shaxs ham ana shunday yo‘llarga muhtoj. Olis qishloqlar, chekka mahallalar, qir-adirlarga tutash hududlarda ham ma'rifatga tashna yoniq qalblar bor. Biz bir loyiha doirasida ularga o‘sha yo‘lni boshlab berishga intilyapmiz.
Adliya chekka manzillar misolida tashabbusni boshlab berdi. Natijada o‘sha qishloq yo shaharcha aholisi, ayniqsa yoshlari mahallasidan uzoqqa chiqmay mo‘'jazgina kutubxonada kitob o‘qishdek sharoitga ega bo‘ldi. #Ziyo_ulash aksiyamizga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi. Keyingisi Siz bo‘ling.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Ishtixon tumani "Chag‘atoy" mahallasi binosida tashkil etilgan kutubxonaga 100 dan ortiq turli janrdagi kitoblarni sovg‘a qildi. Ayni paytda ushbu kutubxona mahalla yoshlari bilan gavjum.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Xiva shahar va Xiva tuman adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh adliya boʻlimlarida boʻlib, fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish, fuqarolarga yaratilgan qulaylik va sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati va tizimdan foydalanish jarayonlarini oʻrgandi.
Sohada, shu jumladan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotida mavjud muammoli holatlar va kamchiliklar, davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Xiva shahri 4-sektordagi “Toza bogʻ” mahallasida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi va pedagog xodimlar bilan ham uchrashib, taʼlim-tarbiya jarayoni, yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, mehnat munosabatlarida va huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

#Adliyadan_javob
❓ Maxsus iqtisodiy zona nima va maxsus iqtisodiy zonalar qanday turda tashkil etilishi mumkin?
— Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud.
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
▫️ erkin iqtisodiy zonalar;
▫️maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
▫️turistik-rekreatsion zonalar;
▫️ erkin savdo zonalari;
▫️maxsus sanoat zonalari.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-son Qonuni.
@adliyangiliklari
— Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud.
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
▫️ erkin iqtisodiy zonalar;
▫️maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
▫️turistik-rekreatsion zonalar;
▫️ erkin savdo zonalari;
▫️maxsus sanoat zonalari.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-son Qonuni.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_2023
📈 “E-qaror”ning qiziqarli statistikasi: tizim orqali qabul qilingan qarorlar
@adliyangiliklari
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida 20-fevral kuni “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
👉Batafsil

❓ Litsenziya nima va uning qanday turlari mavjud?
— Litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Agar cheklanmagan miqdordagi talabgorlar faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona litsenziya talablari va shartlariga javob bersa, ushbu shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga kiradi.
Talabgorlarga alohida litsenziya talablari va shartlari asosida beriladigan, faoliyatning muayyan turini amalga oshirishda litsenziatlarga mutlaq huquqlarni taqdim etadigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa asoslarga ko‘ra soni jihatidan cheklanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-son Qonuni.

#Adliya_tayinlov
Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarov tayinlandi.
Salohiddin Sattarov 1980-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Salohiddin Samadovich Nuriyev tayinlandi.
Salohiddin Nuriyev 1981-yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Salohiddin Samadovich Nuriyevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!