ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sarhisob_2023

Adliya sarhisob: qiziq faktlar, gapiruvchi raqamlar:
▫️e-qaror: mahalliy hokimlikning 25 foiz qarori yopiq holatda qabul qilingan;
▫️qadimgi hujjat: 8 asrlik kadastr hujjati;
▫️haqorat, montaj (feyk) va otalikni belgilash bo‘yicha sud ekspertizasida Toshkent shahri yetakchi;
▫️kontrafaktning aksariyati oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti halqaro TOR-500 ro‘yxatida;
▫️70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar;
▫️ eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘onada;
▫️o‘rtacha davlat xizmati ko‘rsatish vaqti-10 daqiqa;
▫️eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmati - yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
▫️ikki barobar ko‘p huquqiy xulosa berildi;
▫️talabgor notarial harakat — er-xotin rozilik arizasi;
▫️lex.uz da eng ko‘p tanishilgan hujjat — Konstitutsiya.

❗️Adliya vazirligining yillik hisoboti bilan batafsil tanishish uchun👉🏻 https://adliya.uz/inner-page/vazirlik-faoliyatiga-oid-asosiy-korsatgichlar-va-s/adliya-vazirligining-2023-yildagi-hisoboti

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi yoshlar uchun 16-fevral kuni Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarning Intellektual mulk markazi faoliyati bilan tanishishlari uchun markaz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, eksponatlar, bukletlar hamda ko‘rgazmali qurollar namoyishi o‘tkazildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari tomonidan markaz faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar va ekspertlar tomonidan javoblar berildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, uning faoliyati, soha yo‘nalishlari to‘g‘risida yaqindan tanishtirishdan iborat.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti”


Bugun Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar) larida adliya boʻlimlari tomonidan maktablarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida “Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti” mavzusida dars mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Batafsil 👉videolavhada

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Vladimir 20 yoshida tugʻilganlik guvohnomasiga ega boʻldi

Huquqiy aksiyasi doirasida oʻtkazilgan xatlovlar natijasida 2004-yilda tugʻilgan Vladimir Braxovetskiyning tugʻilishi qayd etilmaganligi oydinlashdi. Uning arizasiga asosan sudga tugʻilishni tiklash yuzasidan daʻvo kiritilib, Vladimir Braxovetskiyga tugʻilish guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

Fargʻona shahar “Sovurbuloq” mahallasida xatlov oʻtkazganda, Islomjon Ergashev va Margʻuba Adhamova 8 yil qonuniy nikohsiz yashaganligi holati aniqlandi. Aksiya doirasida ularga 14-sonli dalolatnoma yozuvi qayd etilib, sayyor tartibda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma topshirildi.

A.Qodiriy koʻchasida yashovchi Saydavvalxon Saydaliyeva 2014-yilda Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan qizi va 2017-yilda tugʻilgan oʻgʻliga yetarli hujjatlar boʻlmaganligi sababli shu kungacha tugʻilish guvohnomasi olish imkoniyati boʻlmagan. Ushbu holat huquqiy aksiya davomida aniqlangandan soʻng uning farzandlariga nisbatan tugʻilish guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan “Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti” mavzusida huquqiy darslar Navoiy viloyatidagi ta'lim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda.

Olis ovullarda va shahar markazlarida joylashgan maktablarda umumiy huquq tushunchasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Dars jarayonlarida huquqiy test va viktorinalar tashkil etish orqali yoshlarning intellektual salohiyati hamda huquqiy bilmlarini baholash shuningdek, ularni yanada mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Shahrixon tumanidagi “Buvaydo"mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul avvalida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish fikr almashdi.

Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar tinglanib, 8 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal etildi, 18 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 14 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

18 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari