ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy koʻmagida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Tanlovda 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar ishtirok etib, Baholash komissiyasining baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:

“Yilning eng faol bepul yuridik yordam ko‘rsatgan nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti;
2-o‘rin – Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi;
3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat markazi.

“Yilning eng faol yuridik klinikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik klinikasi;
3-o‘rin – Namangan viloyat yuridik texnikumi yuridik klinikasi.

Adliya vazirligi tanlovda faol ishtirok etgan barcha nodavlat-notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarga o‘z minnatdorligini bildiradi va tanlov g‘oliblarini tabriklaydi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblari taqdirlash o‘tkaziladigan joy va vaqt haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Murojaat uchun: (71) 207-04-51 ichki 1156

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

15-fevral kuni Adliya vazirligida “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari bilan bir qatorda soha bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Oʻzkomnazorat inspeksiyasi, OAV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida joriy yilgi chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlariga, iste’molchilarga kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Vazirlik ushbu oylikni o‘tkazish orqali tadbirkorlarni halol raqobatga kirishishni ta’minlash, o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida kontrafakt mahsulot aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli, ishonchli mahsulotlarni xarid qilishni targ‘ib qiladi.

Bundan tashqari, oylik davomida kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kodli stikerlarni respublikaning barcha hududlaridagi bozorlar, yirik savdo majmualari, chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirish hamda vakolatli organlar xodimlari uchun xorijiy huquq egalari yoki ularni vakolatli vakillarini jalb etgan holda kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning maxsus usullari bo‘yicha master-klasslar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

📢📢 “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

⏰ Ovozli chat bugun, 16-fevral kuni soat 15:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

Suhbat spikerlari: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyalari, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

“Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusidagi podkast bilan ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

Adliya sarhisob: qiziq faktlar, gapiruvchi raqamlar:
▫️e-qaror: mahalliy hokimlikning 25 foiz qarori yopiq holatda qabul qilingan;
▫️qadimgi hujjat: 8 asrlik kadastr hujjati;
▫️haqorat, montaj (feyk) va otalikni belgilash bo‘yicha sud ekspertizasida Toshkent shahri yetakchi;
▫️kontrafaktning aksariyati oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti halqaro TOR-500 ro‘yxatida;
▫️70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar;
▫️ eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘onada;
▫️o‘rtacha davlat xizmati ko‘rsatish vaqti-10 daqiqa;
▫️eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmati - yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
▫️ikki barobar ko‘p huquqiy xulosa berildi;
▫️talabgor notarial harakat — er-xotin rozilik arizasi;
▫️lex.uz da eng ko‘p tanishilgan hujjat — Konstitutsiya.

❗️Adliya vazirligining yillik hisoboti bilan batafsil tanishish uchun👉🏻 https://adliya.uz/inner-page/vazirlik-faoliyatiga-oid-asosiy-korsatgichlar-va-s/adliya-vazirligining-2023-yildagi-hisoboti

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi yoshlar uchun 16-fevral kuni Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarning Intellektual mulk markazi faoliyati bilan tanishishlari uchun markaz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, eksponatlar, bukletlar hamda ko‘rgazmali qurollar namoyishi o‘tkazildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari tomonidan markaz faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar va ekspertlar tomonidan javoblar berildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, uning faoliyati, soha yo‘nalishlari to‘g‘risida yaqindan tanishtirishdan iborat.

@adliyangiliklari