ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 14-fevralida adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida yuristprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan #Ziyo_ulash aksiya doirasida talabalarga Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob to‘plamlari sovg'a qilindi.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Bagʻdod tumanining 4-sektor hududida yoshlar uchun kutubxona ish boshladi

Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Bagʻdod tumanining “Bedarak” mahallasida adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun kutubxona oʻz faoliyatini boshladi. Endilikda qishloq yoshlari axborot resurslaridan foydalanishda 10 km olisda joylashgan tuman markaziga borishmaydi.

Ochilish marosimida adliya tizimi masʼullari bilan birgalikda mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi. “Bedarak” mahallasida ayni kunlarda 4 minga yaqin aholining 47,2 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Kutubxonadan joy olgan mingdan ortiq turli adabiyotlar, 41 ming elektron kutubxona fondi hamda doimiy internet tarmogʻiga ulangan kompyuterlardan yoshlar va qishloq aholisi foydalanish, bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Navoiy viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda "qizil hudud" toifasiga kiritilgan va uyushmagan yoshlar, davlat organlari va tashkilotlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot beruvchi huquqiy bekatlar va koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Ma'lumot uchun, 2023-yil davomida adliya boshqarmasi va tuman shahar adliya boʻlimlari tomonidan 4000 yaqin murojaatlar qabul qilinib shulardan 62% qanoatlantirilga. Shuningdek,100 dan ortiq yoshlarning muammolari uyma-uy o‘rganilib ijobiy hal etishga erishildi. Muloqotda shu va boshqa sohalarga oid ma’lumotlar berilib, rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza tartibi va amaliyoti muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining
Samarqand hamda Jizzax viloyati bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.

Hududiy bo‘limlar faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusidagi faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari va fuqarolar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari