#Adliya_aksiya
73 yoshli Vyacheslav Lukashevga tugʻilganlik haqida guvohnoma eksterritorial tartibda rasmiylashtirib berildi
Margʻilon shahrida yashovchi Vyacheslav Lukashev tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qoʻyganligi sababli meros hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgandi.
Vyacheslav Lukashevga ham xatlov jarayonlarida takroriy ravishda tugʻilganlik haqida guvohnoma Toshkent shahar Mirobod tuman FHDY boʻlimidan eksterritorial tartibda olinib oʻz xonadonida tantanali topshirildi.
Shuningdek, Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Bahodir Usmonovning hujjatlari ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Aksiya doirasida adliya boʻlimiga qilgan murojaati qanoatlantirilib sayyor tartibda unga takroriy tugʻilganlik guvohnomasi tantanali topshirildi.
Ma'lumot uchun: Aksiya doirasida Fargʻonada 1 ming 300 nafardan ortiq fuqaroga nikoh, tugʻilish guvohnomalari, kadastr hujjatlari, fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportlari va ID kartalar rasmiylashtirib berilgan.
@adliyangiliklari

#Ziyo_ulash
Naymanliklar uchun ma'rifiy sovg‘a
Avval xabar berganimizdek, adliya tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab 4-sektor hududidagi eng chekka mahallalarda yoshlar, aholi uchun kichik kutubxonalar foydalanishga topshirilmoqda.
#Ziyo_ulash xeshtegi ostida amalga oshirilayotgan ushbu ma'rifiy loyihadan Samarqand viloyati ham chetda qolayotgani yo‘q. Adliya boshqarmasi boshchiligida viloyatning Toyloq tumani "Nayman" mahalla fuqarolar yig‘inida kutubxona aholi ixtiyoriga topshirildi.
Kutubxonada turli janrdagi kitoblar, jurnallar mavjud. Xususan, jahon va o‘zbek adabiyoti namoyondalari — Tohir Malik, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Xosiyat Bobomurodova, O‘lmas Umarbekov, Napaleon Xill, Artur Xeyli, Teodor Drayzer va boshqalarning asarlari shular jumlasidan.
Ta'kidlash o‘rinliki, bugungi kunda mazkur mahallada 3 ming 720 nafar aholi istiqomat qiladi va ularning 1 ming 100 nafarini yoshlar tashkil etadi. Endilikda mahalla ahli va yoshlari ushbu kichik kutubxonadan o‘zlariga qulay vaqtlarda foydalanishlari mumkin. To‘g‘ri, bu katta yangilik yoki ulkan ish emasdir, ammo ziyo ulashishdek xayrli ishda muhim qadamdir. Uni siz ham davom ettirishingiz, to‘ldirshingiz mumkin.
Adliya #Ziyo_ulash xeshtegi ostida sizni ham ma'rifiy loyihada faol bo‘lishga chorlaydi.

#Adliya_xabari
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 8-fevraldagi 2-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 8-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan
▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius V.Saatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 10-fevraldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz
Batafsil videoda…
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Batafsil videoda…
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Xalqimiz azal-azaldan ilmga chanqoq, kitobga oshno bo‘lgan. Shu bois kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasiga start berilib, olis va chekka mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda.
Bugun, 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ushbu ma’rifiy tashabbus davom etdi.
Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston tumanidagi “Ahmad Yassaviy” mahallasida kutubxona tashkil qilinib, 300 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Shuningdek, elektron kutubxona ham sovg‘a qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan.

📢📢 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarius(vakant) lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi
Tanlov quyidagi vakant lavozimlar uchun o'tkaziladi:⤵️
➖Navoiy viloyati Tomdi tuman davlat notarial idorasi notariusi 1 nafar;
➖Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tuman davlat notarial idorasi notariusi 1 nafar.
❗️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati va mazkur talablar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishlari mumkin: https://telegra.ph/Hujjatlar-02-14
📩Hujjatlar Adliya vazirligining mas'ul xodimi r.abdigabbarov@adliya.uz elektron pochta manziliga yuborish orqali 2024-yilning 1-mart sanasiga qadar qabul qilinadi!
☎️Savol va murojaatlar uchun: (71) 207-04-51, 1384

"Shayhali" shaharchasida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi
Bugun, 14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan #Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Qarshi shahrining “Shayhali” shaharchasida kutubxona ochildi.
Qarshi shahar adliya, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish marlazi hamda davlat xizmatlari markazi jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.