#Adliya_hudud
Yoshlar adliya boshqarmasida
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida O‘rta Chirchiq, Piskent tumani va Nurafshon shahar mahallalaridagi uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar viloyat adliya boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, situatsion markaz, majlislar zali, kutubxona va boshqarma boshlig‘ining ish xonasiga kichik tur o‘tkazildi. Boshqarma xodimlarining ish jarayonlari, adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yoshlarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, yoshlar Nurafshon shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
@adliyangiliklari

ADLIYA YANGILIKLARI
#Huquqiy_axborot_minbari “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar…
#Huquqiy_axborot_minbari
⚡️ “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat boshlandi
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etildi.
🎙Suhbat spikerlari: Toshkent davlat yuridik universiteti hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari.
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.
📹 Onlayn-translyatsiya: https://www.youtube.com/embed/zx_i41avwbY

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
“Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat
#Adliya_xabari
35 yillik muammo yechim topdi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yuzlab fuqarolarning huquqiy muammolari hal bo‘lmoqda. Hatto, bir emas, 20-30 yillik masalalar adliya organlari aralashuvi bilan qonuniy yechimini topmoqda.
Masalan, pastdarg‘omlik Baxron Norov va Gulchehra Xo‘jamova bundan 35 yil ilgari beeʼtiborlik sabab qonuniy nikohdan o‘tishmagan. Uch farzandning ota-onasi bo‘lgan oila vakillarining 35 yillik muammosi xatlov jarayonlarida aniqlanib, ularning nikohi Pastdarg‘om tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan qayd qilindi hamda guvohnoma topshirildi.
Sizda ham bu borada muammo bo‘lsa tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yoki “1148” ishonch telefoni va viloyat adliya boshqarmalarida tashkil etilgan maxsus shtablar orqali maʼlum qiling.

#Adliya_aksiya
73 yoshli Vyacheslav Lukashevga tugʻilganlik haqida guvohnoma eksterritorial tartibda rasmiylashtirib berildi
Margʻilon shahrida yashovchi Vyacheslav Lukashev tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qoʻyganligi sababli meros hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgandi.
Vyacheslav Lukashevga ham xatlov jarayonlarida takroriy ravishda tugʻilganlik haqida guvohnoma Toshkent shahar Mirobod tuman FHDY boʻlimidan eksterritorial tartibda olinib oʻz xonadonida tantanali topshirildi.
Shuningdek, Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Bahodir Usmonovning hujjatlari ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Aksiya doirasida adliya boʻlimiga qilgan murojaati qanoatlantirilib sayyor tartibda unga takroriy tugʻilganlik guvohnomasi tantanali topshirildi.
Ma'lumot uchun: Aksiya doirasida Fargʻonada 1 ming 300 nafardan ortiq fuqaroga nikoh, tugʻilish guvohnomalari, kadastr hujjatlari, fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportlari va ID kartalar rasmiylashtirib berilgan.

#Ziyo_ulash
Naymanliklar uchun ma'rifiy sovg‘a
Avval xabar berganimizdek, adliya tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab 4-sektor hududidagi eng chekka mahallalarda yoshlar, aholi uchun kichik kutubxonalar foydalanishga topshirilmoqda.
#Ziyo_ulash xeshtegi ostida amalga oshirilayotgan ushbu ma'rifiy loyihadan Samarqand viloyati ham chetda qolayotgani yo‘q. Adliya boshqarmasi boshchiligida viloyatning Toyloq tumani "Nayman" mahalla fuqarolar yig‘inida kutubxona aholi ixtiyoriga topshirildi.
Kutubxonada turli janrdagi kitoblar, jurnallar mavjud. Xususan, jahon va o‘zbek adabiyoti namoyondalari — Tohir Malik, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Xosiyat Bobomurodova, O‘lmas Umarbekov, Napaleon Xill, Artur Xeyli, Teodor Drayzer va boshqalarning asarlari shular jumlasidan.
Ta'kidlash o‘rinliki, bugungi kunda mazkur mahallada 3 ming 720 nafar aholi istiqomat qiladi va ularning 1 ming 100 nafarini yoshlar tashkil etadi. Endilikda mahalla ahli va yoshlari ushbu kichik kutubxonadan o‘zlariga qulay vaqtlarda foydalanishlari mumkin. To‘g‘ri, bu katta yangilik yoki ulkan ish emasdir, ammo ziyo ulashishdek xayrli ishda muhim qadamdir. Uni siz ham davom ettirishingiz, to‘ldirshingiz mumkin.
Adliya #Ziyo_ulash xeshtegi ostida sizni ham ma'rifiy loyihada faol bo‘lishga chorlaydi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 8-fevraldagi 2-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 8-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan
▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius V.Saatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 10-fevraldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz
Batafsil videoda…
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Batafsil videoda…
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Xalqimiz azal-azaldan ilmga chanqoq, kitobga oshno bo‘lgan. Shu bois kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasiga start berilib, olis va chekka mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda.
Bugun, 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ushbu ma’rifiy tashabbus davom etdi.
Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston tumanidagi “Ahmad Yassaviy” mahallasida kutubxona tashkil qilinib, 300 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Shuningdek, elektron kutubxona ham sovg‘a qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan.