ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Navbatdagi manzil — Qashqadaryo viloyati. Ishchi guruhi tomonidan markazining hududiy bo‘limi faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Ziyo ulashishga Adliya vazirligi jamoasi bel bog‘ladi. Mahallarda va chekka hududlarda yashayotgan yoshlarga kitoblar ulashish bo‘yicha xayrli loyiha amalga oshirilyapti.

Ziyo ulashishda adliya vaziri Akbar Toshqulov jamoamiz yetakchisi sifatida chellenjni boshlab berdi.

Vazirlik markaziy apparati xodimlari loyiha doirasida vazirlikda tashkil etilgan maxsus shtabga kitoblarni olib keldi.

@adliyangiliklari
Uch farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir oiladan birdaniga uch farzand o‘qiyotganini eshitgan borki, kimdir hayratda, kimdir havasda qarashi aniq. Bu bolalarning ota-onasi kim, ular qanday sharoit va muhitda ulg‘ayib, bilim oldi? Bu alohida iste'dodli bolalarga kim ta'lim berdi?

Ushbu video hikoya shu uch bolani tarbiyalab, kamolga yetkazgan ona haqida...

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/29CNUdeYkg4

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob hadya et, ziyo ulash!


Adliya vazirligi tomonidan start berilgan "Ziyo ulash" aksiyasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Xodimlar xayrli tashabbusni qo'lllab-quvvatlab, o'zi o'qigan yoki o'zi sevgan badiiy adabiyotlarni boshqarmada tashkil etilgan shtabga topshirmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Yoshlar kutubxonasi" uchun kitoblar

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Navoiy viloyatida ham start oldi.

Aksiya doirasida tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan o'zbek adabiyotining oltin fondidagi asarlar, jahon adabiyoti namunalaridan kitoblar topshirildi.

Mazkur kitoblar jamlanmasi tuman (shahar) mahallalarida tashkil etilayotgan "Adliya kutubxonalari" fondiga mahalla ahli va yoshlar foydalanishi uchun topshiriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida "Ziyo ulash" aksiyasiga start berildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Hujjati yo‘q yerga imorat qurmang

Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi va belgilangan muddatda buzib tashlanadi.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Adolat" milliy huquqiy axborot markazi ham “Ziyo ulash” loyihasiga qo‘shildi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi adliya organlari xodimlari bugun ish joylariga kitob bilan kelishdi.

Bu kitoblar ayrim chekka hududlardagi mahallalar idoralarida faoliyat boshlaydigan kutubxonalarga topshiriladi.

Ziyo ulashishdek xayrli chellenjni boshqarma boshlig‘i Salohiddin Nuriyev boshlab berdi. Kun davomida tizim xodimlaridan 500 dan ortiq kitoblar boshqarmada tashkil etilgan maxsus shtabga topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilinmoqda

Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi. Vazirlik tomonidan respublika bo‘yicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Xususan, adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Yangiyer shahridagi “Navro‘zobod” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, Adliya vazirligi jamoasi nomidan #ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani davom etmoqda.

Mavzu: “Notariat sohasidagi  yangiliklar”.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

📹 https://www.youtube.com/live/zezOSL4iVDk?si=rq65_BAIkdeLblNg

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz. ga yuboring.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari