ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakil o‘rinbosari A.Qarman bilan uchrashdi

Bugun, 5-fevral kuni adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev bilan BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari Anas Qarman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Adliya vazirligi hamda BMTTD o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nallishlari muhokama qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari 2023-yilda 13 milliondan ortiq fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilgani va hozirda davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida ko‘plab davlatlar vakillari kelayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida vazirlik va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha ko‘magida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi bugungi kundagi holat, jumladan, yutuq va kamchiliklar hamda yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

A. Qarman, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va loyihalarni yo‘lga qo‘yishda vazirlikning samarali faoliyatiga alohida urg‘u bergan holda, hamkorlikning keyingi bosqichlari yanada yuqori natijalarga boy bo‘lishiga ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹”Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiya doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Nurota tumanida sayyor qabul va xatlov o'tkazildi.

Qizilcha qishlog'idan Nurboyeva Anor aya shu yil 94 bahorni qarshi oldilar. Xatlov jarayonida onaxonning shu kunga qadar tug'ilganlik guvohnomasi olinmaganligi ma'lum bo'ldi. Aksiya doirasida Xadicha ayaga huquqiy ko'maklashish maqsadida dastlabki harakatlar amalga oshirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida sayxunobodlik fuqarolarning ham muammosi yechim topdi

Inson hayoti davomida har bir qadamida, jamiyatning u yoki bu sohasidagi harakati bilan davlat organlariga murojaat etishiga to‘g‘ri keladi. Bunday paytlarda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomadan tortib, pasport, nikoh guvohnomasi yoki ayrim hollarda yaqin qarindoshining o‘lim haqidagi guvohnomasigacha bo‘lgan hujjatlarga zarurat tug‘iladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida yanvar oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi

Jasur Uralboyevich Niyazov Adliya vazirligi markaziy apparatining yanvar oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.

Jasur Niyazov 1981-yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan. G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali (2003-y.) va Toshkent davlat yuridik institutini (2007-y.) tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos.

Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini u 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Tashkiliy-tahlil bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2018—2020-yillarda ushbu bo‘limda turli lavozimlarda ishlagan. 2022—2023-yillarda Adliya vazirligi Ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2023-yil 14-fevraldan vazirlikda Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi Yig‘ma axborot-tahlil va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritish bo‘limi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom etmoqda.

Jasur Niyazov “ljro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boorish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, o‘rganishlar va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklar va muammolarni tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Jasur Niyazovni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida g‘ayrat va shijoat hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Tengdosh-tengdoshga” loyihasi yoshlar hayotiga kirib bormoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida "Islohotlarga daxldorman" shiori ostida keng qamrovli loyihalar haftaligi aksiyasi boshlandi.

Mazkur loyiha doirasida taʼlim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Loyihaning maqsadi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan.

“Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari bugun poytaxtimizdagi 9 ta umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilib, tashkilotchilar o‘quvchi yoshlarga kelajak maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, bilim olishga, malakali kadrlar sifatida shakllanishlariga ko‘maklashishda har doim yordamga tayyor ekanliklarini aytishdi.

@adliyangiliklari
Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqingizni_bilasizmi

Er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning umumiy mulki hisoblanadi

Shunga ko‘ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o‘rtog‘ining roziligi talab etiladi.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Aksiya tufayli fuqarolar tegishli hujjatlarga ega bo'lmoqdalar

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanining Qapchugʻay qishlogʻida yashovchi Zarifaxon Bekmirzayeva yetishmovchilikdan ikki nafar voyaga yetmagan nabiralariga tugʻilganlik haqida guvohnoma ololmagan. Aksiya doirasida bu borada amaliy yordam soʻrab Oltiariq tuman Adliya boʻlimiga murojaat qildi.

Murojaat oʻrganilganda, haqiqatdan ham Zarifaxon onaning oʻn va yetti yoshli nabiralari Oltiariq tumani tugʻruqxona boʻlimida tugʻilganligi, lekin onasi ajrim sababli bolalarni buvisiga tashlab boshqa viloyatga turmushga chiqib ketganligi hamda hozirda bolalar ota va buvisi qaramogʻida ekanligi oydinlashdi.

Zarifaxon Bekmirzayevaning murojaati asosida ikki nafar nabiralariga Oltiariq tuman Adliya boʻlimi tomonidan belgilangan tartibda “metrika”lar olib berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yoshlarning ko‘hna va navqiron Samarqandga sayohati

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi 4-sektor hududidagi 150 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar, notinch va kam taʼminlangan oila farzandlari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Biriktirilgan yoshlarning ilmga bo‘lgan ishtiyoqini yana-da oshirish, to‘g‘ri maqsad qo‘ya bilish, maqsadlarga erish yo‘llarini o‘rgatish hamda ushbu yoshlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlarida ko‘maklashish va islohotlarda daxldorlik hissini yana-da oshirish uchun TDYU talabalari hamroh sifatida biriktirildi hamda birgalikda muloqot maydonchasi tashkil etildi.

Shu bilan birga, TDYUning bir guruh iqtidorli talabalari hamda adliya organlari xodimlari Samarqand shahrining 4-sektor hududidagi umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi loyihasi ham o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_OAV

Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Mavzu: Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish

📹 Quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunda_nima_deyilgan

O‘zbekistonda ishchilar va xodimlarga bir yilda necha marotaba “premiya” berilishi kerak?

Loyiha "Darakchi" nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sud ekspertiza sohasida islohotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan Qashqadaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va davlat organlarining vakillari uchun sud ekspertiza imkoniyatlari toʻgʻrisida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati sudlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, adliya boshqarmasi va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasi boshligʻi J.Nuritdinov va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o'tildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

Tug'ilishi qayd etilmagan 81 yoshli Tolibjon otaga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravsihda topshirildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida doimiy ravishda xatlov ishlari olib borilmoqda va aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi va boshqa turdagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, topshirilmoqda.

Bunday amaliy ishlar viloyat boʻylab davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur aksiya joriy yilning 20-martiga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Namangan adliya boshqarmasi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Yoshlar huquqiy sayli" 1000 nafarga yaqin o'g'il-qizlarni bir manzil, bir makonda birlashtirdi.


Mazkur tadbirda viloyat adliya boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari