Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Sherzod Gayratovich Sadikov Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
“O‘zarxiv” agentligi jamoasi Sh.Sadikovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

#Adliya_hudud
“Men donorman” xayriya aksiyasi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan bugun “Men donorman” xayriya aksiyasi doirasida Qon preparatlari ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mobil labaratoriyasi boshqarma hovlisiga kelib joylashdi.
Bugun ko‘ngilli tarzda boshqarma yoshlari qatorida 60 yoshli haydovchi Abdulla Sulaymonov ham qon topshirib, donorlik aksiyasida ishtirok etdi
Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim 40 ta qonunchilik hujjatilarining samaradorligi o‘rganiladi
👉Batafsil

#Adliya_aksiya
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiya doirasida Chimboy tumanida fuqaroning kadastr pasporti ko'p yillardan buyon davlat ro'yxatiga olinmaganligi sababli bugungi kunda muammolarga uchrab kelayotganligi aniqlandi. Bu muammolarga barham berildi va kadastr hujjatlari davlat ro'yxatidan o'tkazilib fuqaroga topshirildi.

Bugun, 2-fevral kuni soat 16:00 da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi videokonferensaloqa shaklida о‘tkaziladi.
Majlisda 2023-yilda adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni muhokama qilish belgilangan.

“Burger King” tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi
Adliya vazirligiga 2023-yil 16-noyabrda “Burger King Company” AQSh kompaniyasining ishonchli vakili tomonidan ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan “BURGER KING” (MGU 44937, 26428, 26429-son guvohnomalar) tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “KING BURGER” nomi ostida fuqaro H.A.ga tegishli Toshkent shahridagi fastfud ovqatlanish shaxobchasida ruxsatsiz foydalanib kelayotganlik holati bo‘yicha tegishli chora ko‘rish to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan Adliya vazirligi tomonidan holat o‘rganilib, natijasi bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlar bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi.
Huquqbuzar H. A. ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi hamda tovar belgisi peshlavhalardan olib tashlandi.