ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bir oilaning 3 nafar aʼzosining mushkulini oson qildi

Quva tumani “Iftixor” mahalla fuqarolari yigʻinida istiqomat qiluvchi Neʼmatovlar xonadonida yongʻin kelib chiqishi sababli oilaning ikki nafar farzandi oʻz hujjatlaridan ayrildi. Koʻp oʻtmay xonadon qayta tiklandi, yoʻqotishlarning barchasi oʻz oʻrniga keldi.

Biroq yonib ketgan hujjatlarni qayta tiklash masalasi Sadoqat ona Neʼmatovaga tinchlik bermayotgan edi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oilaning ogʻirini yengil qildi.

1989-yil 8-noyabrda tugʻilgan fuqaro Sadoqat Neʼmatovaning nikoh haqidagi guvohnomasi hamda 2 nafar farzandlari - 2010-yilda tugʻilgan Xonguli Nabiyeva, 2012-yilda tugʻilgan Qalbinur Nabiyevalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari qayta tiklab berilib, oʻz xonadonlarida ularga topshirildi. Xonadon uchun zarur boʻlgan maishiy jihozlar taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Nokia Corporation” kompaniyasining intellektual mulk huquqi himoya qilindi

Adliya vazirligiga 2023-yil davomida “Nokia Corporation” Finlyandiya kompaniyasining ishonchli vakili tomonidan mazkur kompaniyaga tegishli bo‘lgan “Nokia” (MGU 5043, 5044, MBX 1715263, 1435983, 1715260, 1416724-son guvonomalar) tovar belgisidan ayrim shaxslar noqonuniy foydalanayotganligi to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi. Oʻrganish natijasida bir qator jismoniy shaxslar “Nokia” tovar belgisi bilan aynan bir xil bo‘lgan kontrafakt mahsulot sotayotganliklari aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan jismoniy shaxslarga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur hamda Chilonzor tuman sudlari tomonidan huquqbuzarlar (O.U., R. Dj., O.N., M.A., A. Sh., M.O., A.S., V.O.,)ga Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir etganligi uchun huquqbuzarlarga nisbatan jami 23 760 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

@adliyangiliklari
📢📢 Darakchi.uz Adliya vazirligi bilan hamkorlikda "Qonunda nima deyilgan?" loyihasini taqdim etadi!

Endilikda siz huquq va majburiyatlaringiz haqidagi savollarga ushbu loyiha orqali javob topishingiz mumkin.

Savollaringizni @darakchipochta'ga yuboring va malakali yuristlardan tezkor va asosli javob oling.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari buzildi


Adliya aralashuvi bilan Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan “Guliston Metan Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 20 241 700 soʻm qarzdorlik undiriladigan boʻldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Misinformatsiya (ingl. misinformation) — yolg‘on xabar: yetarli darajada to‘liq va aniq ma'lumotlar taqdim etilmagan soxta axborot.

❌ Misinformatsiya tarqatishda ma'naviy-moddiy zarar yetkazish maqsad qilinmaydi.

⚠️ Bugungi global "axborotlar xuruji" davrida dezinformatsiya osongina misinformatsiyaga "aylanib qolishi" mumkin.

Demak, misinformatsiya ham xavflimi?
Uning qanday shakllari mavjud?
Misinformatsiya va dezinformatsiyadan himoyalanish vositalari bormi?

👉Infografikada keltirilgan ma'lumotlar bu borada sizga keng tasavvur va tushuncha beradi.

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim Misinformatsiya (ingl. misinformation) — yolg‘on xabar: yetarli darajada to‘liq va aniq ma'lumotlar taqdim etilmagan soxta axborot. ❌ Misinformatsiya tarqatishda ma'naviy-moddiy zarar yetkazish maqsad qilinmaydi. ⚠️ Bugungi global "axborotlar xuruji"…
🗞 Har kuni minglab axborot qabul qilamiz. Biroq ularning hammasi ham haqiqat bo‘lavermaydi.

🔤Siz yolg‘on ma'lumotni farqlay olasizmi?

📝 Infgorafikada ko‘rsatilgan misinformatsiya va dezinformatsiyaning 10 shakli bu borada sizga "shpargalka" bo‘ladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan "Bepul huquq darslari" kurslariga sizni taklif etamiz!

Ushbu darslar orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda yosh va vaqt ahamiyatli emas. Endilikda siz bizning "Bepul huquq darslari"mizda hohlagan vaqt va hohlagan joydan turib onlayn ishtirok etishingiz va huquqiy bilimlaringizni hech qanday to'lovlarsiz oshirishingiz mumkin.

❗️Bugun, 30-yanvar kuni “Yuvenal yustitsiya: Xalqaro standartlar va O‘zbekistonda qo‘llash masalalari” mavzusida dars bo'lib o'tadi.

Dars Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dotsenti Shaxnoza Ganibayeva tomonidan olib boriladi.

⏳Boshlanish vaqti: 16:00

Ulanish uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Zarafshonda aholi murojaatlari o'rganildi

Zarafshon shahrida Navoiy viloyat adliya boshqarmasining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlarini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, hudud faollari va mutasaddilari qabul qildi.

Yuzma-yuz uchrashuvda ishtirok etgan xotin-qizlar uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik uchun kredit, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, mehnat munosabatlari, ishga joylashish kabi murojaatlar bilan yuzlandi. Mutasaddilar fuqarolarning huquqiy va adliya sohasida duch kelayotgan muammo va takliflari ham o‘rgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Tadbirkor manfaatlari sudda himoya qilindi

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ rahbarining murojaati o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida qariyb 25 yillik muammo yechim topdi

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Paxtachi tumanining olis xududlaridan biri bo‘lgan Qarnab ota qishlog‘ida yashovchi fuqaroning qariyb 25 yillik muammosi yechim topdi.

Aksiya doirasida olib borilgan xatlov jarayonlarida aniqlanishicha, fuqaro Ilola Zakirovaning 1996-yilda tug‘ilgan qizi Malika Sulaymanova 1999-yilda vafot etgan. Ammo oila vakillari bee’tiborlik sabab vaqtida o‘lim guvohnomasi olmagan.

Paxtachi tuman adliya bo‘limi FHDY organi tomonidan ushbu o‘lim fakti muddatini o‘tkazib qayd qilindi va fuqaroga farzandining o‘limi haqidagi guvohnoma berildi.

Sizda ham bu borada muammo bo‘lsa tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yo “1148” ishonch telefoni va Samarqand viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan maxsus shtabning 55 701 00 55 (4044) telefon raqami orqali ma’lum qiling

Batafsil 👉intervyuda

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Konimex tumanining olis ovullarida yillar davomida nikohsiz yashayotganligi tufayli bolalariga "metrika" ololmagan, bolalari esa bogʻcha va maktabsiz ulgʻayotgan odamlarning muammosiga “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida ijobiy yechim topildi.

Gʻozgʻon shahrida fuqaroning oʻlim guvohnomasi yoʻqligi tufayli undan qolgan uy-joyga bolalari egalik qilolmayotgani masalasiga aksiya doirasida oʻtkazilayotgan sayyor qabullar orqali yechim topilmoqda. Adliya tizimida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
📣 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi "Xorijda malaka oshirish amaliyoti" nomli yangi loyihaga start berdi.

🔰 Ushbu malaka oshirish amaliyotida tinglovchilar hamda professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va tajriba orttirishi xorijiy davlatlarda tashkil etiladi.

📆 Loyiha doirasida dastlabki malaka oshirish amaliyoti 2024-yilning mart oyida Singapur davlatida tashkil etiladi.

📥 Batafsil ma'lumot:
+998 71 234 52 40
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84
#Adliya_xabari

Andijon viloyat adliya boshqarma boshlig‘ining 2024-yil 15-yanvardagi 8-um-son buyrug‘iga asosan:

▫️Ulug‘nor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Murodjon Isroilovich Abdullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining (litsenziya AN 0056, 22.04.2020-yil) amal qilishi va notarius maqomi 2024-yilning 15-yanvar kunidan tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan.

@adliyangiliklari
⚡️“O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024-yilga mo‘ljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z takliflarini www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlari orqali bildirishlari mumkin.

⏳ Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida bir oilaning nikohi qayd etilib, uch nafar farzandiga “metrika” berildi

Har bir shaxs ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun oʻzi haqidagi maʼlumotlar aniq boʻlishi lozim. Shunday hujjatlar boʻlsagina davlat tomonidan yaratilgan har qanday imoniyatdan toʻliq foydalanishi mumkin. Bepul taʼlim olish, tibbiy xizmat olish shular jumlasidan.

Lekin, ehtiyotsizlik va beparvolik qilib oʻz vaqtida hal etilmagan hujjat ishlari kelgusida muayyan huquqlardan mahrum qilishi mumkin. Shunday holatlarni aniqlash va barham berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi keng miqyosda oʻtkazilmoqda.

Bunday jarayonlarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya boʻlimlari ham faollik koʻrsatmoqda. Jumladan, Yangi Namangan tumani FHDY boʻlimi aksiya doirasidagi oʻrganishlarda tumandagi Zaxriddin Yusupov va Dilnozaxon Qosimovalar uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini (2012-yil, 2014-yil va 2016-yil) tugʻilishini eʼtiborsizlik natijasida qayd etilmagani aniqlandi. Shundan soʻng, boʻlim tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrovlar yuborilib, kerakli maʼlumotlar olindi.

Uch nafar farzandlarini tugʻilishi qayd etib berildi. Bundan tashqari nikohni qonuniy qayd etish uchun arizalar olinib, nikohlari ham qonuniy qayd etib joyiga borgan holda tantanali topshirildi. Bunday amaliy ishlar viloyat boʻylab davom ettirilmoqda.

@adliyangiliklari