ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchilari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzida tashkillangan ushbu tadbirda, avvalo, mamlakatimizda oʻqituvchilar, ustoz va murabbiylarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻz bordi.

Maʼlumki, soʻngi yillarda oliy taʼlim muassasalari faoliyati, oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash tizimida islohotlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida ularning mehnat munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari, bilim va malakasini belgilovchi xalqaro daraja va sertifikatlarga ega boʻlish imkoniyatlari tushuntirildi.

Oʻqituvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash va talabalar bilan ishlashda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Fargʻona shahridagi "Guliston" MFYda aholi muammolarini oʼrganish va ularga amaliy koʼmak berish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.


Qabul avvalida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalari bilan tanishdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha hamda nizolarni hal qilish yuzasidan 20 dan ortiq masalalar tinglandi.

Shuningdek, qabulda ishtirok etgan fuqarolarning yetti nafariga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladigan murojaatlar alohida ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga ixtisoslashgan jurnalistlarning malakasini oshirish” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda OAV vakillarining intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga oid nazariy bilimlari oshirilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hamda “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚪🙋‍♂️🙋‍♀️ • "Ochiq eshiklar kuni" yoshlarga o‘zini talabadek his qilishga imkon berdi

👉 Batafsil va FOTOlar...

🚪🙋‍♂️🙋‍♀️ • День открытых дверей дал возможность участникам почувствовать себя студентами

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

🚪🙋‍♂️🙋‍♀️ • The open day gave participants the opportunity to feel like students

👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan xizmat safari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida bo‘ldi.

Yuridik texnikumda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Tashrif davomida yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, Adliya vazirligi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Respublika sud ekspertiza markazi direktori A.Xalilovlar bilan birga “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etilib, unda Yuridik texnikum, IIV akademik liseyi, Temurbeklar maktabi, Nukus davlat universiteti o'quvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy o`tgan uchrashuvda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari