#Adliya_hudud
“Bunyodkor” mahallasida “Adliya kutubxonasi” tashkil etildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha mahallalarda huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam tarzda oʻtkazilib, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu jumladan, mahallalarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar va “Men mahallam huquqshunosiman” shiori ostidagi tadbirlar mahalla ahlini huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu gal adliya boshqarmasi boshligʻining tashabbusi bilan, mahallalarda “Adliya kutubxonasi”ni tashkil etilmoqda.
Dastlab, Yangi Namangan tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida tashkil etilgan kutubxonaga huquqiy, badiiy kitoblar, shuningdek, Adliya vazirligi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tayyorlangan huquqiy qoʻllanmalardan iborat 200 dan ortiq kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Viloyatdagi boshqa mahallalarida ham bosqichma-bosqich “Adliya kutubxonasi” tashkil etiladi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi belgilanmoqda
👉Batafsil

#Adliya_va_yoshlar
Adliya rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda
Vazirlik va hududiy adliya organlari rahbariyati hamda hududiy 14 ta yuridik texnikumning o‘quvchilari o‘rtasida “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida rahbar va yoshlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlarga yuridik kasbning o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari hamda uning mas'uliyati haqida tavsiyalar berib o‘tishdi.
Shuningdek, vazirlik faoliyati haqida ma'lumotlar berilib, ushbu sohada ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuv yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma'naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an'analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Ochiq va samimiy muloqotlarda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.
Joriy yilning 23-yanvar kuni Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limiga tashrif buyurdi.
Ishchi guruhi tomonidan hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud kamchiliklar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va davlat organlarining vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i G'.Primov tomonidan "Yuridik kasb va yoshlar" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda adliya vaziri maslahatchisi Sh.Soatova ham ishtirok etib, texnikumning "Zakovat" klubi jamoasini respublika miqyosida qo'lga kiritgan yutuqlari bilan qutladi.
Yoshlar bilan mazkur uchrashuvda tizimga ishga kirishning tartib-qoidalari, "Zakovat" turnirini yangi formatda tashkil etish va yuridik texnikum faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.