ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyatida adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev “Ishga marhamat!” monomarkazida boʻlib, kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan masalalar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif va tavsiyalar hamda masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

🗓 Ertaga, 23-yanvar kuni AOKAda Adliya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Mavzu: Prezidentning “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidagi yangilikar

⏳Vaqti: 12:00

👉Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘nating. OAV vakillari taklif etiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn

⚡️“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan

AOKAda adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov ishtirokida shu mavzuda matbuot anjmuni boshlandi.

📹 Jonli efir

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Fargʻona yoshlari bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida faol yoshlar bilan uchrashdi.

Samimiy suhbat asosida tashkil etilgan uchrashuvda vazir oʻrinbosari ayni kunlardagi kiberjinoyalarga qarshi kurash va uning oldini olish, mamlakatimizda yoshlar siyosatining hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hamda ularga yaratilgan imtiyozlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar bugungi rivojlangan davrdagi oʻzlarining pozitsiyalari bilan oʻrtoqlashdi hamda qiziqtirgan savollariga mutaxassislar yordamida javoblar olishdi. Taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov Andijon viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv rasmiy ma’ruzalardan xoli, erkin muloqot shaklida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqingizni_bilasizmi

Sizdan ortiqcha hujjat talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q

Agar siz bu muammoga duch kelsangiz Adliya vazirligiga murojaat qiling. Bu bo‘yicha qonuniy chora bor.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.


YouTube | Instagram | Facebook
#Adliya_onlayn

⚡️Onlayn muloqot: NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobot—2024

Mavzu bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi mas'ul xodimlari javob beradi.

Quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉https://www.youtube.com/embed/kDiU1DUZGhE

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Toshkent shahar adliya boshqarmasida
Toshkent shahar yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

70 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda dastlab boshqarma faoliyati va uning tizimidagi tashkilotlar haqida maʼlumotlar berilib, ushbu sohada ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligining bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda tutgan o‘rni, boshqa davlatlarning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan solishtirganda erishayotgan tajribalari  haqida ham maʼlumotlar berildi.

Talabalar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblarga ham boy o‘tdi. Ularga avvalo vaqtdan unumli foydalanish, yoshlikda bilim egallash va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun hozirdan maqsadlari sari dadil odimlash haqida tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Fargʻonada yirik eksportchilar faoliyati bilan tanishdi.

Respublikasi Prezidenti raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda joriy yilda turgan vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda bergan topshiriqlar ijrosini taʻminlash maqsadida tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Suhbatlar davomida standartlashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni huquqiy jihatdan bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi. Oʻz faoliyati davomida duch kelayotgan turli xil muammolar va byurokratik toʻsiqlar yuzasidan fikrlari va takliflari tinglandi.

Jumladan, Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyat masʼullari bilan muhokama uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tovarlarni eksport va import qilishda, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlarshtirishda, sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash, xorijiy sertifikatlarni tan olish, xalqaro standartlarni joriy qilish maslalari oʻrganilib, ularning yechimi yuzasidan takliflar tinglandi.

@adliyangiliklari