ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Sarhisob: 2023-yilda Samarqandda 1,5 millionga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Bu haqida viloyat matbuot uyida davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarining 2023-yilgi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov ma'lum qildi.

2023-yil davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyat aholisiga 1 423 292 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan 37 foizi, ya'ni 525 398 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash va idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalariga ish (xizmat)ga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Oliy Majlis Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda intellektual mulk, reklama va davlat bojiga oid qonunlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan. Qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash raisi J. Nuritdinov kengash tomonidan 2023-yilda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining 2024-yilda amalga oshiradigan ishlari xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, markaz direktori, Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash raisi o‘rinbosari A. Xalilov tomonidan Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining 2024-yilga mo‘ljallangan Ish rejasi loyihasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, 2024-yil davomida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan uslubiyotlar ro‘yxati ham alohida muhokama qilinib, 93 ta uslubiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Tadbir yakunida 2023-yil sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqishda faol ishtirok etgan ishchi guruh a’zolari Adliya vazirining tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 16-yanvardagi 1-son yig‘ilish qaroriga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 18-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Norqulovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 18-yanvardan uch oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligi rahbariyati yoshlar bilan uchrashdi

20-yanvar kuni “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida Adliya vazirligi rahbariyati va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida talaba yoshlar tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kunlari” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarda talaba yoshlar tomonidan “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil qilish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot aksiyalarini o‘tkazish, ularning ongida qonunga bo‘ysinib yashash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni (ommaviy sport musobaqalari va sport to‘garaklari) tashkil etish, harbiy xizmatning xususiyatlari orqali tarbiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar bandligini ta’minlashga, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishi, subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunda ekstremistik, terroristik materiallarni tarqatishning oldini olish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida qilinayotgan ishlar xususida muloqot qilindi.

Shuningdek, yoshlarga adliya tizimidagi yutuqlar, tizimdagi yoshlarning faoliyati, adliya organlariga ishga qabul qilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar mavzu yuzasidan berilgan savollariga javobar olishdi.

@adliyangiliklari