ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❄️ Har qanday ob-havo sharoitida ham xush kayfiyat bilan sizga sifatli davlat xizmatlarini ko'rsatishga doimo shaymiz!

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

AKT mutaxassisining murojaati ijobiy hal etildi


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning ish joyidan AKT mutaxassislari uchun ustama to‘lab berilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Angor tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumani adliya bo‘limida bo‘lib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida  axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga xizmat safari doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi xodimlari bilan uchrashib, sohadagi mavjud muammollar yuzasidan muloqot tashkil qildi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YuRIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda uzatilmoqda.

Mavzu:  Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti  yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi mas'ullari javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/embed/VOK-mR2GZqY

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ❗️Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida "prava" vaqtincha berilmaydi Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish munosabati bilan…
#Adliya_xabari

⚡️ Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida "prava" almashtirish xizmati ishga tushdi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir necha kun ilgari haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish munosabati bilan Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga  almashtirish xizmati  vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar qilingan edi.

Samarqand shahrida mazkur xizmatga talab yuqoriligi hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ushbu xizmat qayta ishga tushirildi.

❗️Urgut tuman davlat xizmatlari markazidagi chop etish uskunasi vaqtincha Samarqand shahriga olib kelib, o‘rnatilgani bois, mazkur tumanda joylashgan markazda ushbu xizmat vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

Fuqarolar shuningdek IIB bo‘limlaridan ham mazkur xizmatdan foydalanishlari  mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Kadastr idoralari nega yerga oid qonunbuzilishida o‘zini chetga olmoqda?


Markaziy va mahalliy telekanallarda “Navoiyda yerlar auksion orqali sotilganda xaridorlarning huquqi poymol qilinganmi?” sarlavhasi ostida video reportaj ommalashdi. Mazkur lavha yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan berilgan raddiya bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 27-dekabrdagi 11/2023-sonli bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi:

▫️Olmazor tumanida — N.Zufarova (15 kun muddatga 05.01.2024-yildan);
▫️Uchtepa tumanida — N.Mirsaatova (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — X.Musayeva (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Sergeli tumanida — A.Toshboyev (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan
▫️Uchtepa tumanida — Sh.Alimov (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — G‘.Xolbayev (2 oy muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — K.Yarmatov (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Sergeli tumanida — J.Maqsudov (15 kun muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Shayxontohur tumanida — O.Zuxurov (1 oy muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Shayxontohur tumanida — A.Abduraxmonov (15 kun muddatga 05.01.2024-yildan);
▫️Olmazor tumanida — U.Azamova (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan).

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o‘rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan  shtab faoliyati a’zolari, sektor rahbarlari va yoshlar bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi hamda mazkur jinoyatlarni sodir qilishning huquqiy oqibatlar xususida ham ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

⏺Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
⏺Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari