ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar hamda media sohasi vakillari o‘rtasida amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda Navoiy shahar adliya bo‘limi hamkorligida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida aholi va tadbirkorlarga harbiy orkestr ishtirokida bayram kayfiyati ulashildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Ushbu qutlug' damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo'lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan iste'fodagi harbiylar xolidan xabar olindi.

Iste'fodagi General-mayor 81 yoshli Jamshir Shaxmardonov 36 yil davomida harbiy sohada ishlaganini aytib, yoshlarga Vatanni astoydil sevish kerakligini  hamisha uqtirib kelgan.

Iste'fodagi polkovnik 76 yoshli Rinat Ardashirov ham 35 yil davomidagi mehnat faoliyati haqida gapirib,  O‘zbekistonga mehri o‘zgacha ekanini taʼkidlaydi.

Shuningdek, xodimlar iste'fodagi polkovnik 86 yoshli Aleksandr Dyakov va General-mayor 76 yoshli Isoqjon Fozilov hamda boshqa faxriylarning ham xonadonlarida bo'lishib, ularni bayram bilan qutlashdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Xatirchi tumani adliya bo'limi tomonidan mahalla xodimlarining ustama pullari undirib berildi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 29-dekabrdagi 232-um-son buyrugʻiga asosan:

▫️ Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ulug‘bek Abdumannanovich Abdujalilovga berilgan (GZ 0003, 21.04.2020-y.) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 2023-yil 29-dekabrdan 1 oy muddatga (agar bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar),
▫️G‘allaorol tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Baxtiyor O‘ktamovich Abdiyevga berilgan (GZ 0025, 09.10.2020-y.) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 2023-yil 29-dekabrdan 1 oy muddatga,
▫️G‘allaorol tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Iskandar Abduvaitovich Melibayevga berilgan (GZ 0014, 21.04.2020-y.) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 2023-yil 30-dekabrdan 15 kun muddatga (agar bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar) to‘xtatilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida "prava" vaqtincha berilmaydi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish munosabati bilan Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

Ushbu xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar Urgut tuman davlat xizmatlari markaziga yoki IIB bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Nosozlik bartaraf etilganligi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❄️ Har qanday ob-havo sharoitida ham xush kayfiyat bilan sizga sifatli davlat xizmatlarini ko'rsatishga doimo shaymiz!

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

AKT mutaxassisining murojaati ijobiy hal etildi


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning ish joyidan AKT mutaxassislari uchun ustama to‘lab berilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Angor tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumani adliya bo‘limida bo‘lib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida  axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

@adliyangiliklari