ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Yil yakunlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq matbuot anjumani hamda Boyovut tuman adliya bo'limiga press-tur tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uyali aloqa operatorlariga ulanishlari mumkin

Bu yangilik bilan yuridik va jismoniy shaxslar, ayniqsa, xorijiy fuqarolar markazning o'zida mobil aloqa operatorlariga ulanadilar, shaxsiy idenfikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish va boshqa xizmatlarni olishda qulaylik kompakt servisdan foydalanadilar.

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 11 ta tuman(shahar) davlat xizmatlari markazlarida sim kartalar berish yo'lga qo'yildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Kimlarga imtiyozli transport kartasi taqdim etiladi?

— Quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi taqdim etiladi:
▫️1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
▫️1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari;
▫️1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
▫️Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi ▫️jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
▫️haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
▫️Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar.
_____________________

❓Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadimi?

— Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga imtiyozli transport kartalari berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

"G‘uzor tandir go‘shti" — davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkich hududda turistlar oqimining ko‘payishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 8-sonida (2024-yil 12-yanvar) "Biznes byurokratiyasi yanada qisqarmoqda. Bu tadbirkorga nima beradi?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
№-8.pdf
1.7 MB
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 8-sonida (2024-yil 12-yanvar) "Biznes byurokratiyasi yanada qisqarmoqda. Bu tadbirkorga nima beradi?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xorazm viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi masʼul xodimlar ishtirokida “Mehnat shartnomasini bekor qilishning ayrim masalalari” mavzusida muloqot formatida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari va inson resurslari bilan ishlashga masʼul xodimlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirok etib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining ayrim normalarini qoʻllashda amaliyotda va ish jarayonida vujudga kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtgan seminarda, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy maʼmuriy huquqi va ommaviy boshqaruvi boʻyicha 100 ta dolzarb savollarga javoblar” nomli kitoblar sovgʻa qilindi.

@adliyangiliklari