ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Markazga kelgan yoshlar bu yerdagi sharoitlar, 300 dan ortiq davlat xizmatlari bilan tanishtirildi.

Jumladan tadbirkorlikni boshlab, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar uchun davlat xizmatlaridagi imtiyozlar tushuntirilib, “sariq”, “ko‘k” hamda “yashil” yo‘laklar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yillar davomida o‘z shaxsiy brendini shakllantirgan tadbirkorlar yoshlar uchun mahorat darslari ham o‘tib berdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Imtiyozli transport kartasi nima?

— Imtiyozli transport kartasi — shahar yo‘lovchilar transportda (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan yo‘lovchiga bepul yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilgan transport kartasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i aholiga huquqiy xizmat va davlat xizmatlari ko'rsatish sifatini o'rganib, tumandagi alohida nazoratda turuvchi yoshlar bilan muloqot o'tkazdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📹 Namangan shahar davlat xizmatlari markazida o’tkazilgan Ochiq eshiklar kunida 800 nafarga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
#Statistika

📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 2017—2023-yillar kesimida

@adliyangiliklari
#Kun_tarixi

8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun.

1958-yil. Toshkent. Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston SSR adliya vaziri X. Sulaymonova bilan suhbat chog‘ida.

Ushbu fotohujjat O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

Ular bizni va muammolarimizni unutishmadi

O‘tgan 2023-yilning dekabr oyining boshida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Farg‘ona viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi. Xodimlarning sharoitlari o‘rganilib, tizimli kamchiliklar bartaraf etildi. Jarayonlarda eng olis hududlarda ijtimoiy ob'ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ham o‘rganildi. O‘z yechimini kutib turgan masalalar, muammolar o‘rtaga tashlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Baholovchi toifasini olishga talabgor o‘z xohishiga ko‘ra o‘zining professional faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qanday hujjatlarni taqdim etishi mumkin?

— Talabgor o‘z xohishiga ko‘ra o‘zining professional faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin:
a) baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotiga a’zoligi haqidagi guvohnomaning nusxasini;
b) mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbuskorlik tartibida takliflar ishlab chiqilganligi haqidagi axborotni;
v) yangi standartlarni ishlab chiqishda va amaldagi mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda ishtirok etganligi haqidagi axborotni;
g) ommaviy axborot vositalaridagi baholash faoliyati masalalari bo‘yicha maqolalar nusxalari, veb-saytlardan skrinshotlar va boshqalarni;
d) o‘zi ishtirok etgan yoki ma’ruza qilgan baholash faoliyati masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar materiallari;
e) xorijiy o‘quv markazlarida baholash faoliyati sohasida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqida sertifikatlar nusxalari;
j) xorijda baholash faoliyati bo‘yicha konferensiyalardagi ishtiroki haqida sertifikatlar nusxalari;
i) baholash faoliyati sohasidagi xalqaro sertifikatlar (RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va h.k.) hamda ariza berilgan sanada sertifikatning amal qilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (sertifikatni bergan tashkilot tomonidan yoki uning saytidan skrinshot bilan tasdiqlangan);
k) baholash faoliyati bo‘yicha fanlar o‘tilganligi haqida ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma.
Talabgor, o‘z xohishiga ko‘ra, o‘zining professional faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24 sentyabrdagi 799-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliya_tabrigi

Bugun mustaqil O‘zbekiston adliya organlari ta'sis etilgan kun. Shu munosabat bilan adliya vaziri Akbar Toshqulovning tizim xodimlariga tabrik yo‘lladi:

"Hurmatli hamkasblar!

8-yanvar — mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilgan kun. Barchangizni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatimiz huquqshunoslari hamjamiyatining fuqarolarimiz konstitutsiyaviy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash va davlatchiligimizni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari beqiyos.

O‘tgan yuz yil davomida O‘zbekiston Respublikasi adliya tizimi o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlaridan o‘tdi.

Xususan, so‘nggi 30 yildan oshiq vaqt mobaynida mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi va mustahkamlanishida adliya organlari va muassasalarining roli katta bo‘ldi.
Mamlakatimizda yagona huquqiy maydonni shakllantirishdek muhim strategik vazifani hal etishda ustoz huquqshunoslar qo‘ygan poydevorni bugun bir necha avlod shogirdlar sharaf bilan davom ettirib kelmoqdalar.

Tabiiyki, so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini huquqiy taʼminlash, mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish va O‘zbekistonning xalqaro imijiga ijobiy hissa qo‘shish sizu bizning zimmamizdagi vazifalardan biridir. Shuningdek, tadbirkorlik, ijtimoiy sohalar, jamoat birlashmalari uchun ham huquqiy madad faoliyatimizning ajralmas qismidir.

Aminmanki, barchangiz oldimizga qo‘yilgan ushbu vazifalarni yuqori saviyada ado etish uchun sidqidildan mehnat qilib kelmoqdasiz. Huquqshunos sifatida fuqarolarga huquqiy ko‘mak berish bilan bir qatorda, normativ-huquqiy bazani hamda huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, jamiyatda kasbiy anʼanalarni qatʼiy himoya qilish kabi barcha sohalarda jonbozlik ko‘rsatmoqdasiz.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston Korrupsiyaga murosasiz munosabat bo‘yicha xalqaro indeksda 32 pog‘onaga, Matbuot erkinligi indeksida 28 pog‘onaga, Huquq ustuvorligi indeksida 13 pog‘onaga ko‘tarildi. 2023-yil 30-aprelda milliy tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilindi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Tom maʼnoda xalqchil qomus bo‘lgan Asosiy qonunimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi”.

Ushbu zafarlarda adliya xodimlarining ham xizmati va hissasi borligi barchamizga g‘urur baxsh etadi.

Men bugun mazkur ulkan ishlarni amalga oshirishda kamarbasta bo‘lib turgan 10 mingdan ortiq katta jamoamizning har bir aʼzosiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Bundan keyin ham Vatanimiz va xalqimiz oldidagi vazifamizni to‘liq va sidqidildan masʼuliyat bilan bajarishda barchangizga omad yor bo‘lsin.

Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tilayman".

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

 
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar – Xorijiy yuridik shaxslar;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bepul.

Ruxsatnoma berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kunida.


🗓
Ruxsatnomaning amal qilish muddati:
Arizaga ko‘ra ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatga beriladi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Ko'kdala tumani davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Ko'kdala tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligi: Majburiy talablar qisqartirilib, lisenziya va ruxsat berish tartibi soddalashtirilmoqda

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza qaysi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi va otalikni belgilash haqidagi ariza bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkinmi?

— Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
Bunday holatlarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.

Bolaning tug‘ilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan taqdirda, oldindan berilgan arizani saqlagan FHDY organi so‘rovnoma bo‘yicha uni qayd etish joyiga yuboradi.

Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 oktabrdagi 550-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Shartnoma majburiyatlari "unitildi"


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ibratli yo‘l loyiha” MCHJ rahbarining murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “Ibratli yo‘l loyiha” MCHJ bilan Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida 2020-yilda avtotransport vositalari va mashina mexanizmlari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan hamda bajarilgan ishlar uchun haq 200 000 000 so‘m etib belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Navoiy viloyatining yana 4 ta hududidagi davlat xizmatlari markazi orqali xorijga chiqish biometrik pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatdan eksterritorial tarzda barcha O‘zbekiston fuqarolari Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, Nurota tumanlari adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari