ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Bugun, 6-yanvar kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Ochiq eshiklar kuni Namangan viloyatida ham ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosida o’tkazilgan tadbirda 800 nafarga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 6-dekabrdagi 264-um-son buyrugʻiga asosan:
▫️Qoʻqon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslar D.Atadjanovaga (litsenziya FA 0011, 2020-yil 21-aprel);
▫️Bogʻdod tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius D.Xoldarovga (litsenziya FA 0098, 2022-yil 22-sentabr);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius X.Matsapayevga (litsenziya FA 0022, 2020-yil 21-aprel);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius A.Axmedovga (litsenziya FA 0015, 2020-yil 21-aprel);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Bababekovaga (litsenziya FA 0017, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 30-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Toshloq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius A.Fozilovga (litsenziya FA 0048, 2020-yil 21-aprel) va Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius B.Mulladjanovga (litsenziya FA 0021, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 30-dekabr kunidan 1 oy muddatga, biroq notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarni bartaraf etgunga qadar toʻxtatilgan.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Markazga kelgan yoshlar bu yerdagi sharoitlar, 300 dan ortiq davlat xizmatlari bilan tanishtirildi.

Jumladan tadbirkorlikni boshlab, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar uchun davlat xizmatlaridagi imtiyozlar tushuntirilib, “sariq”, “ko‘k” hamda “yashil” yo‘laklar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yillar davomida o‘z shaxsiy brendini shakllantirgan tadbirkorlar yoshlar uchun mahorat darslari ham o‘tib berdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Imtiyozli transport kartasi nima?

— Imtiyozli transport kartasi — shahar yo‘lovchilar transportda (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan yo‘lovchiga bepul yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilgan transport kartasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i aholiga huquqiy xizmat va davlat xizmatlari ko'rsatish sifatini o'rganib, tumandagi alohida nazoratda turuvchi yoshlar bilan muloqot o'tkazdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📹 Namangan shahar davlat xizmatlari markazida o’tkazilgan Ochiq eshiklar kunida 800 nafarga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
#Statistika

📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 2017—2023-yillar kesimida

@adliyangiliklari
#Kun_tarixi

8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun.

1958-yil. Toshkent. Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston SSR adliya vaziri X. Sulaymonova bilan suhbat chog‘ida.

Ushbu fotohujjat O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.

@adliyangiliklari