#Adliya_xabari
Yosh huquqshunoslar forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Huquqshunoslik yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalar va oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi.
👉 Batafsil
_____________
В рамках Форума молодых юристов прошла интеллектуальная игра «Заковат»
Определены победители интеллектуальной игры «Заковат», проведенной среди студентов и учащихся, обучающихся по направлению «Юриспруденция».
👉 Подробнее
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob
❓ Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
— Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
▫️bino va inshootlarning joylashgan manzili;
▫️bino va inshootlarning kadastr raqami;
▫️bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
▫️bino va inshootlarning umumiy maydoni;
▫️bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
▫️bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
▫️bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
▫️bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
▫️bino va inshootlarning kadastr qiymati.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.
@adliyangiliklari
— Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
▫️bino va inshootlarning joylashgan manzili;
▫️bino va inshootlarning kadastr raqami;
▫️bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
▫️bino va inshootlarning umumiy maydoni;
▫️bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
▫️bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
▫️bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
▫️bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
▫️bino va inshootlarning kadastr qiymati.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Tadbirkorlar soliqchilar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilishlari mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik sohasidagi ayrim byurokratik tartib-taomillarni bekor qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.
Amaldagi qonunchilikda tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari belgilangan.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti bunday soliq tekshiruvlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, soliq organining qarori ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi berilmoqda.
Bundan tashqari, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas'uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida ommaviy axborot vositalarida bu haqida e'lon berish hamda 30 kunlik muddatda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilishga oid majburiyatlari bekor qilinmoqda.
Ushbu qonun tadbirkorlar huquqlarini himoyasini yanada kuchaytirishga hamda ular faoliyatini amalga oshirishda ortiqcha majburiy talablarning bekor qilinishiga xizmat qiladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Diqqat e’lon!
Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi!
Batafsil ma'lumot: https://sudex.uz/?p=6180
@adliyangiliklari
Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi!
Batafsil ma'lumot: https://sudex.uz/?p=6180
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namangan viloyati Davlatobod tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Namangan viloyati FHDY va tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, tuman davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish, shu jumladan, sohani rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.