ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 13-dekabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni bo'lib o'tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 29 nafar talabgor ushbu malaka imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 13 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi.

Andijon viloyatidan:
Kamalov Baxodirjon Abduvaliyevich;
Umarova Gulnozaxon Adxamjonovna;

Buxoro viloyatidan:
Akramova Nodira Axtamovna;
Fazliddinov Asliddin Fazliddinovich;

Samarqand viloyatidan:
Mustayev Azizbek Faxriddinovich;

Surxondaryo viloyatidan:
Boltayev Mas’udjon Abiraxmatovich;
Narboyeva Nasiba Toshtemirovna;
Pardayev Jamshid Saparovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
Pattayeva Muxayyo Irgashevna;

Namangan viloyatidan:
Musashayxov Abduraxim Xusanxon o‘g‘li;
Yuldashev Javlonbek Muxammadjonovich;

Farg‘ona viloyatidan:
Ashurov Azizbek Zoxidovich;
Xamzayev Abrorjon Alijon o‘g‘li;

Malaka imtihonlari Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali 👉onlayn tarzda yoritib borildi.

@adliyangiliklari
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Tovarshunoslik ekspertizasi bo’limi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlari faoliyati bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

13-dekabr kuni Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov tomonidan hududiy yuridik texnikum direktorlari va mas’ul xodimlari bilan ZOOM platformasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yuridik texnikumlar o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun joriy etilgan tanlovlarni tashkil etish, o‘quv jarayonlari, yuridik texnikumlarda kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan ishlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 28-noyabrdagi 10/2023-sonli bayonnomasiga asosan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 18 nafar notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Sud ekspertiza sohasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun amalga oshirilayotgan ishlar va sohadagi mavjud muammolar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

➖O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;
➖Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;
➖Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari.


⏰Ovozli chat 15-dekabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlarini rivojlantirish boʻyicha yangi loyiha ishga tushirilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksining 2022-yil yakunlari bo‘yicha natijalari muhokama qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Tadbirkor manfaatlari himoya qilindi

Shartnomaga asosan bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob har oyda amalga oshirilishi lozim bo‘lsada, unitar korxona tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilmasdan kelingan va natijada 48 443 433 so‘m miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari