ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 6-dekabrdagi 264-um-son buyrugʻiga asosan:

▫️Margʻilon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Axmedovga (litsenziya FA 0007, 2020-yil 21-aprel);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius S.Fattaxovaga (litsenziya FA 0071-son, 2020-yil 9-noyabr);
▫️
Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius F.G‘oipovga (litsenziya FA 0041, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 8-dekabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius F.Boltabayevga (litsenziya FA 0024, 2020-yil 21-aprel) va ▫️Furqat tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius M.Axmadjonovaga (litsenziya FA 0058, 2020-yil 21- aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 8-dekabr kunidan 1 oy muddatga, biroq notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarni bartaraf etgunga qadar;

▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius D.Rasulovaga (litsenziya FA 0016, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 8-dekabr kunidan 3 oy muddatga, biroq notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarni bartaraf etgunga qadar to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyati hududida respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy qabullar Navbahor tumanida ham o'tkazildi. Sud idoralari, hokimliklar qatori adliya boshqarmasi boshlig'i ham tuman adliya bo'limi binosida fuqaro murojaatlarini qabul qildi. Muloqotda nainki navbahorliklar, Xatirchi va Nurota tumani aholisi ham ishtirok etib, o'z muammolariga yechim topdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 13–14-dekabr kunlari xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi ma'lum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Baliqchi tumanida aholi muammolarini o‘rgandi.

Bugun A.Toshqulov Baliqchi tumanidagi "Markaz" mahallasida mutasaddi idoralar bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazib, aholining muammolarini o‘rgandi.

Qabulda fuqarolarning kadastr hujjati va tug’ilganlik guvihnomalarini rasmiylashtirish, subsidiya, bandlik va mehnat munosabatlari, aliment, meros, o‘lim faktini belgilash, kommunal va ta’lim sohalaridagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, hal etilishi lozim bo'lgan murojaatlar joyida hal etildi hamda qo'shimcha o'rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fuqarolar ehtiyojiga qaratilgan davlat xizmatlari “Bir qadam” tamoyili asosida xalqaro va milliy tajriba

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Oltinko’l tumanidagi “mahalla beshligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Oltinko'l tumanidagi “Oq-tepa” mahallasi “beshligi” — yig’in raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, ularning mavjud taklif va muammolarini o‘rgandi.

Suhbat davomida nikohlanuvchi shaxslar haqida ma’lumotlarni nikohga ariza kelib tushgan vaqtda olish, “onlayn mahalla” elektron platformasi orqali issiqxona qurishga subsidiya ajratishdagi muammolar hamda ushbu elektron platformani bandlik bosh boshqarmasining elektron tizimi bilan integratsiya qilish bo'yicha takliflar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o‘rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun, 12-dekabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Termiz, Angor va Boysun tumani adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimlarining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

@adliyangiliklari