ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.

148-modda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

152-modda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!


Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish pasportining so‘rovnomasida shaxsga oid qanday ma’lumotlar ko‘rsatiladi?

— 1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
▫️familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
▫️pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
▫️ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
▫️yashash manzili;
▫️elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.
2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida taqdimot o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va BAA vakillari davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishni muhokama qildilar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • Xalqaro xususiy huquq kodeksi loyihasi muhokama qilindi

Xabaringiz bor, ayni paytda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi.


👉 Batafsil va FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • Обсужден проект Кодекса международного частного права

Как вы знаете, делегация во главе с врио ректора ТГЮУ Исламбеком Рустамбековым находится с официальным визитом в Федеративной Республике Германия.


👉 Подробнее и ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • The draft Code of Private International Law has been discussed

As you know, the delegation led by Islambek Rustambekov, the acting rector of Tashkent State University of Law, is on an official visit to the Federal Republic of Germany.


👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili, aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishdi.


Xususan, Akbar Toshqulov Jalaquduq tumanidagi “Tuyalas” MFY binosida "mahalla beshligi" bilan uchrashib, ularning takliflarini va ish faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammo va masalalarni o‘rgandi.

Shundan so‘ng, adliya vaziri Jalaquduq tumanida yangi ish boshlagan “SAMO TEX” MChJ faoliyati bilan tanishib, korxonaning ishchi xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi.

Bundan tashqari, adliya vaziri tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. Mazkur sayyor qabulda tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar Andijon viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

Shuningdek, klasterlar faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolar bo‘yicha takliflar o‘rganildi hamda ularning yechimi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari