ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Advokat o'z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi.

Advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

142-modda.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Oilaviy mehmon uyi tushunchasini bering?

— Oilaviy mehmon uyi — mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy obyekti.
_______________

❓Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar ro‘yxatini ayting?

— Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar ro‘yxati:
1. Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:
▫️ umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi;
▫️kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat to‘kiladigan o‘rani tashkil etish yo‘li bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi;
▫️yashash va jamoat joylarida tabiiy va sun’iy (shu jumladan, fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi;
▫️suv ta’minotining mavjudligi (shu jumladan, suvni to‘plash uchun idishlar o‘rnatish yo‘li bilan).

2. Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash:
▫️ o‘t o‘chirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi;
▫️ shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.

3. Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun quyidagi sharoitlarni tashkil qilish:
▫️ tutash hududning qulay va shinam bo‘lishi, oilaviy mehmon uyiga borish yo‘llari qattiq qoplamaga (shag‘alli, yog‘ochli) ega bo‘lishi;
▫️oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” so‘zlarini o‘z ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomi ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taxtasining (o‘lchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjud bo‘lishi.

4. Oilaviy mehmon uyiga kirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan quyidagi ma’lumotlar taxtasining mavjud bo‘lishi:
▫️Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan ko‘chirma nusxasi;
▫️ shoshilinch xizmatlarning va Turizm qo‘mitasi Call-markazining telefon raqamlari;
▫️ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti;
▫️ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavf-xatarlar to‘g‘risida ma’lumot.

5. Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjud bo‘lishi.

6. “E-mehmon” — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturiga ulangan bo‘lishi. Bunda, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, (turistlarni) eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda tashrif buyuruvchilarning ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi.

7. Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar (matraslar) soni bo‘yicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27- noyabrdagi 622-son qarori.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.

148-modda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

152-modda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!


Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish pasportining so‘rovnomasida shaxsga oid qanday ma’lumotlar ko‘rsatiladi?

— 1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
▫️familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
▫️pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
▫️ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
▫️yashash manzili;
▫️elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.
2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida taqdimot o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va BAA vakillari davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishni muhokama qildilar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • Xalqaro xususiy huquq kodeksi loyihasi muhokama qilindi

Xabaringiz bor, ayni paytda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi.


👉 Batafsil va FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • Обсужден проект Кодекса международного частного права

Как вы знаете, делегация во главе с врио ректора ТГЮУ Исламбеком Рустамбековым находится с официальным визитом в Федеративной Республике Германия.


👉 Подробнее и ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇩🇪 • The draft Code of Private International Law has been discussed

As you know, the delegation led by Islambek Rustambekov, the acting rector of Tashkent State University of Law, is on an official visit to the Federal Republic of Germany.


👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM