ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori A.Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Sud ekspertiza xalqaro assotsiyatsiyasi IAFS ning 23-anjumani va Avstraliya va Yangi Zelandiya sud ekspertiza jamiyatining (Australian & New Zealand Forensic Science Society) 26-simpoziumida ishchi tashrif bilan xizmat safarida bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, IAFS jahonda sud ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatuvchi Sud ekspertiza muassasalari tarmog‘idir. Ushbu tarmoq 1957-yilda tashkil etilgan va anjumanda dunyoning 70 mamlakatidan 1707 mutaxassis ishtirok etdi.

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Irodasi baland yoshlarning 5 yillik ijod mahsullari jamoatchilikka taqdim etildi

70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning 200 dan oshiq rasmlari ilk marotaba o‘tkazilgan “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rgazmasi haftaligidan o‘rin oldi.

Haftalik Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan suratlar 14 ta hududdan “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019–2023-yillardagi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlaridir.

Ushbu ko‘rgazma doirasida homiylardan jami 70 000 000 so‘m pul mablag‘ kelib tushgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan, “Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovining 2019–2023-yilgi (har yili 14 nafardan ishtirokchi qatnashgan) jami 70 nafar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozircha 1 000 000 so‘mdan, shuningdek ko‘rgazma davomida qo‘shimcha homiylik mablag‘lari kelib tushadigan bo‘lsa, 70 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar orasida teng taqsimlanishi rejalashtirilgan.

“Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar ko‘rgazmasi 2023-yilning 29-noyabrdan 5-dekabrgacha davom etadi.

Ma'lumot uchun: Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini o‘tkazib kelmoqda.

@adliyangiliklari
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanal va akkauntlar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
#Hamkorlik

26—30-noyabr kunlari Adliya vazirligi va boshqa qator davlat organlari,  OAV vakillari, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasi hamda NNT rahbarlaridan iborat delegatsiya Ozarbayjonga tashrif buyrdi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Shusha va Fuzuliy shaharlarida tarixiy yodgorliklarni saqlash bo'yicha olib borilayotgan  ishlar bilan tanishdi.

27-noyabr kuni Fuzuliy shahridagi Oʻzbekiston tomonidan begʻaraz qurilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-sonli maktabda Ozarbayjon—Oʻzbekiston nodavlat tashkilotlarining hamkorlik I forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda soʻzga chiqqanlar ikkala xalqining azaliy birdamligi, qardoshligi va yaqin doʻstona munosabatlarini alohida eʼtirof etdi. Kelgusida aloqalarni yanada mustahkamlashda nafaqat davlat organlari, muassasalar, balki nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar va birlashmalar darajasida ham hamkorlikni kuchaytirishning zarurati va ahamiyati qayd etildi.

28-noyabr kuni Ozarbayjon Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash agentligi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi o’rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Uchrashuv davomida Ozarbayjonda NNTlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga grantlar ajratish tartibi, loyihalarni monitoring qilish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Kun tartibidan Ozarbayjonning qator hukumat va nodavlat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, turli formatdagi uchrashuvlar oʻrin olgan.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

68-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev bugun hududlarni oʼrganish davomida Choʼngʼara qishlogʼidagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi.

Eksklav hudud — Choʼngʼara qishlogʼiga Qirgʼiziston Respublikasi Botken viloyati orqali 20 km yoʼl bosib oʼtiladi. Qishloqni quruqlikdagi orol deyish mumkin. Chunki Choʼngʼaraning toʼrt tarafi qo‘shni Qirgʼiziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.

261 gektar maydonga ega Choʼngʼara mahalla fuqarolari yigʼinida bir yarim minga yaqin qirgʼiz va oʼzbek millatiga mansub Oʼzbekiston fuqarolari istiqomat qiladi. Ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish va ularning muammolariga oʼz vaqtida yechim topish eng zarur birlamchi vazifalardan sanaladi.

Choʼngʼaradagi maktabgacha taʼlim muassasasi, 44-umumtaʼlim maktabi hamda qishloq vrachlik punktining qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʼzdan kechirildi.

Shu bilan birga, hududdagi ijtimoiy muammolar eshitilib, ularni hal qilishga choralar koʻrish yuzasidan kelishib olindi.

@adliyangiliklari
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada.

@adliyangiliklari