ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

X.Meliyev kunning ikkinchi yarmida Quva tumani, Margʻilon va Quvasoy shaharlari adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY boʻlimi, “Madad” NNT hududiy byurosida boʻlib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim boʻlgan yangiliklar va amaliyotda mavjud tizimli muammolar masalasida muloqot qilmoqda.

Oʻrganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish boʻyicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Umummilliy imtihondan insholar tanlovigacha: Konstitutsiya bayramiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?

Bugungi matbuot anjumanida Konstitutsiya bayrami arafasida Adliya vazirligi tomonidan aholi uchun tashkil qilinayotgan tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
2️⃣2️⃣2️⃣ • “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari hududlarga jo‘nab ketmoqda

👉 Batafsil va FOTOlar...

2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • Пропагандисты проекта «Поезд пропаганды» отправляются в регионы

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

2️⃣2️⃣2️⃣ • Propagandists of the “Propaganda Train” project are sent to the regions

👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Davlat qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta'minlaydi.

Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

O'zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

67-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda uzatilmoqda.

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va ularning mohiyati

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=8q_JU7gIjSE

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida hududlardagi adliya organlarini oʻrganmoqda.


Bugun tashrif davomida Oltiariq tumanidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va ularning arxivlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Oltiariq tuman madaniyat boʻlimida qish mavsumi uchun tayyorlangan koʻmir zaxirasini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Respublika isteʻmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori asosida koʻmir zaxirasi tashkil etilganligini koʻzdan kechirdi.

Masʻullar bilan oʻtkazilgan muloqotda yuqoridagi qaror talablarini buzganlik uchun mavjud jazo choralari tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shvetsiya Qirolligi Adliya vazirligining Davlat kotibi Anders Xoll bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari javob beradi.

📹 Jonli efirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://youtu.be/j63cf5ztjzU?si=W8DNIU48NI7XV2G9

@adliyangiliklari