ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A. Prenov tomonidan Kegeyli tumani “Abat” ovul fuqarolar yigʻininda sayyor qabul oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim uy-joyli bo'lish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag'batlantiradi va uy-joyga bo'lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

47-modda.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida huquqni qo‘llash masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari xodimlari gibrid shaklda (oflayn va onlayn) ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga davlat boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash faoliyati, huquqni qo‘llash hujjatlari, shu jumladan, Adliya vazirligining huquqni qo‘llash sohasidagi vakolatlari hamda amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar seminar mavzusi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Toʻrtkoʻl, Ellikqal’a va Beruniy tumanlari fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 23-noyabr kuni Adliya vazirligida sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining mas’ul mutaxassislari, advokatlar va boshqa tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari