ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Biz_birgamiz

“Yangi nafas” yugurish marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo‘lgan shaxslar qatnashdi.

Marafon bir vaqtni o‘zida respublikaning 16 ta shahrida o‘tkazildi.

Mazkur yugurish musobaqalariga O‘zbekistonda Nogironlar, Karlar hamda Ko‘zi ojizlar jamiyatlarining jami 1000 ga yaqin a'zolari ishtirok etdi.

Marafon ishtirokchilari o‘rtacha 50-150 ming so‘mgacha badal to‘lab ishtirok etgan bo‘lsa, imkoniyati cheklanganlar uchun esa bepul qilib berildi.

Ma'lumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, vazirlik O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2018 yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar ko‘plab yirik ijtimoiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo'yishni va ko'zdan kechirishni o'tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Uy-joyda tintuv o'tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.

31-modda.

@adliyangiliklari
#infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

Tanlov 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi.

Batafsil 👉bu yerda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

🌱Jizzaxda "Adliya bog‘i" tashkil etildi

Jizzax viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Bunday hayrli ishlar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Adliya bog'i"ni tashkil etish va unga mevali hamda manzarali daraxtlar ekish bilan davom etmoqda.

Tizim hodimlari birlashib erta tongdan hashar ishlariga bel bog'lashdi. Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o'rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

"Yangi O'zbekiston" massivida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlariga hamohang tarzda mazkur bo'g'ning tashkil etilayotgani hududning ko'rkam qiyofa kasb etishiga sabab bo'ladi.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida katta maydonga minglab yosh nihollar qadaldi. Ularning unib-o'sishi va rivoj topishi uchun endilikda ko'chatlar muntazam parvarishlab boriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yaxshidan bog’ qoladi

Ayni kunlarda barcha hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Joylarda “yashil makon”lar tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ushbu ezgu ishlarda adliya xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Xususan, Qashqadaryo  viloyati adliya boshqarmasi xodimlari ham boshqarma binosi va unga tutash hududlarda noyabr oyi davomida 100 dan ortiq  manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Ko‘chat ekish dolzarb 40 kunligi doirasida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi  xodimlar tomonidan shu kunga qadar 1500 dan ortiq ko'chatlar ekilgan bo'lib, bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.

Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.

37-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 7-yig‘ilishi o‘tkazildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, mazkur jarayonni jadallashtirish maqsadida ko‘ptomonlama va ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazib kelinmoqda.

Shular qatorida, o‘tgan haftada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 7-yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida tovarlar va xizmatlar savdosi, investitsiya, bojxona, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya, intellektual mulk huquqlari va boshqa sohalar muhokama qilindi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy qonunchilikni JST bitimlari
va qoidalariga uyg‘unlashtirish JSTga a’zolik masalalarini jadallashtirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Shunga muvofiq, tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Ishchi guruhning 6-yig‘ilishidan keyin amalga oshirilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar hamda yangi chora-tadbirlar haqida taqdimot qildi. Shuningdek, Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangilangan Qonunchilik harakatlari rejasi, qabul qilingan hujjatlar va ishlab chiqilan loyihalarning tarjimalari JST Kotibiyatiga taqdim etildi.

Yig‘ilish so‘nggida Ishchi guruh yig‘ilishi ishtirokchilar tomonidan Qonunchilik harakatlari rejasini amalga oshirishdagi sezilarli muvaffaqiyat yuqori baholandi va qonunchilikni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi tashabbusi bilan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari