ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish borasida Britaniya tajribasi o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi, “Madad” NNT hamda O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiya vakillaridan iborat ishchi guruh Buyuk Britaniyada “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasi tajribasini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun hozirda “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyada 255 ta byurolari faoliyat olib bormoqda hamda ular fuqarolarga huquqiy maslahat berish bilan bir qatorda ularning huquqlarini himoya qilib sudlarda ham ishtirok etishlari mumkin, bundan tashqari byurolar aholiga boshqa istalgan yo‘nalishlarda (kredit olish, soliq maslahati, ishga joylashish va h.z) ham maslahat berib amaliy yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda ham Buyuk Britaniya tajribasi asosida “Madad” NNT tashkil qilingan va uning hududlarda 73 ta tuman (shahar)larda hududiy byurolari faoliyat yuritmoqda. Aholiga bepul huquqiy maslahat berish va protsessual hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatish “Madad” NNT va hududiy byurolarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ishchi guruhning asosiy maqsadi “Madad” NNT faoliyatini kengaytirish uchun “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan moliyaviy yordam va grantlarni jalb qilish, shuningdek Buyuk Britaniyaning tajribasi asosida Madad” NNT tomonidan ko’rsatiladigan yangi xizmat va yordamlar sonini oshirishdan iborat.

Ishchi guruh “Citizens Advice” milliy assotsiatsiyasining Londondagi bosh ofisi hamda hududiy byurolarida bo‘lib ularning ish faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tartib-tamoyillari hamda aholidan kelib tushayotgan so‘rovlarni tahlil qilish maqsadida shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Narpay tumanida bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

G‘ijduvon va Peshku tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Surxondaryo viloyatidagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Termiz shahar, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY bo’limi, “Madad” NNT hududiy byurosida bo’lib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangiliklar va amaliyotda mavjud tizimli muammolar masalasida muloqot qildi.

O‘rganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishi hamda inson shaxsiga xos bo'lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas.

28-modda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🇺🇿 Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir

18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.


@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

✔️Joriy yilning 15-noyabr kuni Hukumatning 601-son qarori bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga imtiyoz qo'llash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🖥Endilikda fuqarolar “Jismoniy shaxslardan shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash” bo‘yicha online ariza berishlari mumkin

❓Qanday deysizmi?

💻Buning uchun Siz, YIDXP dan ro‘yxatdan o‘tasiz va so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirilganligini tekshirasiz va bank karta rekvizitlarini ko‘rsatasiz.

📄So‘rovnomaga asosan vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani YIDXP orqali arizachining shaxsiy kabenitiga yuboradi.

📌Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to’lov undirilmaydi

📝Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasi 15 kun ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjumanda Adliya vazirli o‘rinbosari Sh. Rabiyev ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, davlatning xalqaro reyting va indekslardagi munosib o‘rni esa, o‘z navbatida, mustahkam tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro hamjamiyatni davlatimizga nisbatan ishonchini orttirish, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun o‘ziga xos omil hisoblanadi.

Shu bois xalqaro reytinglar va indekslarda mamlakatimiz o‘rnini mustahkamlashga davlat darajasida eʼtibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.

O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra O‘zbekistonning siyosiy – huquqiy sohadagi reytinglardagi o‘rnini yaxshilash uchun parlament nazoratini yana-da kuchaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish, qonun hujjatlari normalarining aniq va bir xilda amalga oshirilishini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jurnalistlarning huquqlarini taʼminlash hamda shaffoflik mexanizmlarini yana-da  samarali yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

Shu bilan birga, taʼkidlash o‘rinliki, davlat organlarining xalqaro reyting va indekslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etish imkoniyati cheklangan, zero reytinglarni tuzish metodikalari asosan respondentlar va ekspertlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar natijalarini tahlil qilishga asoslanadi.

Shunday ekan, qonunlar va amalga oshirilayotgan islohotlarning avvalo quyi darajadagi hayotga tatbiq etilishi ekspertlar tomonidan ijobiy baholanadi va kelgusida reytinglardagi o‘rnimizni belgilab beradi. Bu esa, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida davlat siyosatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishni talab qiladi.

@adliyangiliklari