ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Intellektual mulk siyosatining manzilligini ta'minlashda innovatsion tuzilmalarning son va sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda “Adliya bog‘i” yaratildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ilmiy kengash bo’lib o’tdi!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy kengashda Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, markaz rahbariyati va xodimlari, onlayn tarzda hududiy bo’limlar xodimlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda 2023-yilda markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni tanqidiy ko’rib chiqildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, shuningdek, markaz faoliyatining samaradorligini baholash natijalari muhokama qilindi.

Ilmiy kengashda sud ekspertlik sohasi, norma ijodkorligi va huquqiy targ’ibot, sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, sifat menejmenti va kadrlar faoliyati sohalarida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tahlil qilindi.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o'zaro huquq va majburiyatlar bilan bog'liqdir.

Insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

20-modda

@adliyangiliklari
#Eslatma

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

Adliyadan mualliflik haqi miqdorini hisoblash uchun maxsus kalkulyator joriy etilgan boʻlib, unda quyidagi mualliflik obyektlari uchun mualliflik haqi stavkalarini hisoblash imkoniyati mavjud:

✔️Fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;

✔️O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam satavkalari;

✔️Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;

✔️Kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari;

✔️Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari;

✔️Ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanida uning eng yuqori stavkalari.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: Baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan xodimning nafaqasidan "urib" qolingani aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari