ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Intellektual mulk siyosatining manzilligini ta'minlashda innovatsion tuzilmalarning son va sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda “Adliya bog‘i” yaratildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ilmiy kengash bo’lib o’tdi!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy kengashda Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, markaz rahbariyati va xodimlari, onlayn tarzda hududiy bo’limlar xodimlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda 2023-yilda markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni tanqidiy ko’rib chiqildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, shuningdek, markaz faoliyatining samaradorligini baholash natijalari muhokama qilindi.

Ilmiy kengashda sud ekspertlik sohasi, norma ijodkorligi va huquqiy targ’ibot, sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, sifat menejmenti va kadrlar faoliyati sohalarida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tahlil qilindi.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o'zaro huquq va majburiyatlar bilan bog'liqdir.

Insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

20-modda

@adliyangiliklari
#Eslatma

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari