ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

❓Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish jarayonida tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?

— Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
▪️ vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);
▪️tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).
_______________

❓Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish muddati qancha?

— Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

8—9-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasi hududida adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qorako‘l, Olot, G‘ijduvon, Shofirkon, Kogon, Peshku, Romitan, Vobkent, Buxoro, Jondor tumanlari va Kogon shahrida “qizil” va “sariq” toifaga kirgan mahallalarda sayyor qabullar tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 7-noyabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov mamlakatimizga O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida “Strategik sheriklik muloqoti”ning uchinchi yig‘ilishi doirasida tashrif buyurgan AQSh davlat kotibining demokratiya, inson xuquqlari va mexnat bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Nikol Chulik bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Gender zo‘ravonligini bartaraf etish va gender tengligini ta'minlashga qaratilgan idoralararo hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
. Unda 2023-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan majlis yakuniga koʻra markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida oʻqishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlar va sifatli oʻquv kontentlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilindi.

@adliyangiliklari