ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Samarqand viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham viloyat aholisining mazkur yo‘nalishdagi muammolari o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Билиб_қўйган_яхши

⚡️Эндиликда Сиз боғчага йўлланмани олиш учун Давлат хизматлари марказига боришингиз шарт эмас!

Батафсил видео орқали танишишингиз мумкин.

Каналга уланиш
https://t.me/advice_uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг👇
Advice.uz | Telegram | Facebook | Youtube
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2023-yil 2-noyabr kuni soat 10:30 da “Yer sohasidagi munosabatlar yanada takomillashtirildi” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Tadbir "Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohitatiga bag'ishlangan.

Davra suhbatida ONLAYN ishtirok etish uchun 👉https://us06web.zoom.us/j/83764448963?pwd=ukH2tzxWo7gyDN7XU9pCtGUVUMJTMq.1

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

CHORVADORLIKLAR MUROJAATI ADLIYA E’TIBORIDA

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Zohidov ishtirokida Ko'kdala tumanining "Chorvador" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Huquqiy_aksiya

Adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabulida aholining, xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning muammolari o'rganildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni turli darajadagi vazirlik, korxona, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari va xodimlari uchun yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi va unda beligilangan yangi norma va qoidalarni, munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan viloyatidagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Pop va Chust tumani adliya bo’limi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat markazlari, FHDY bo’limida bo’lib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda tashrif buyurgan fuqarolar va xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangiliklar va amaliyotda mavjud muammolar masalasida muloqot qildi.

Shuningdek, “Madad” NNT hududiy byurolari faoliyatini o’rganish davomida Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan o’rmon xo’jaligi hududida uzoq yillardan beri dehqon xo’jaligi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolarning yer uchastkasiga bo’lgan huquqiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq masalada huquqiy yordam ko’rsatilishi jarayoni bilan tanishdi.

Adliya vaziri fuqarolarning murojaatini tinglab, ularga huquqiy yordam ko’rsatish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma berdi hamda o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qonuniylashtirish yuzasidan qonunchilik loyihasi haqida ma’lumot berdi.

@adliyangiliklari