#Adliya_xabari
Adliya vaziri o'rinbosari Jizzax shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shulardan biri shahardagi qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanayotgan "IRUSKON" MCHJ hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlaridan yana biri "MASTER BILDING PRODUCTS" mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Mazkur tadbirkorlik subyekti qurilish ashyolari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.
Uchrashuv davomida tadbirkorga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
@adliyangiliklari

ADLIYA VAZIRI O'RINBOSARI MAHALLA "BESHLIGI" BILAN UCHRASHDI
Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Paxtakor tumanidagi "Olmazor" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.
Bundan tashqari Advice.uz huquqiy axborot portali imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax viloyatidagi Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlari adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv mobaynida tumanlar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi.
Shuningdek, qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

#Sayyor_qabul
Konimexliklar murojaati tinglandi
Konimex tumanida adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari Z.Farmanovning sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida ish haqini undirish, nogironlikni belgilash, uy-joy ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq bir qator masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Dildora Izzatova tumandagi “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiladi. Bir paytlar chet elga ishlashga ketgan turmush o‘rtog‘i chegaradan o‘tayotganda buyumlari qatori pasport hujjatlarini ham o‘g‘irlatgan. Shundan buyon oila boshi ishsiz. Ayolning 0,5 stavkadagi ish haqi evaziga qora qozon qaynab turibdi. Murojaat o‘rganilib, fuqaroga avvalo, turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha dastlabki harakatlar amalga oshirildi.
Sarvinoz Davlatova esa bugungi kunda yolg‘iz ona. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng yashash joyi bilan bog‘liq kadastr muammolari yechimida qator qiyinchiliklarga uchramoqda. Tadbir joyida fuqaroning masalasi tahlil etilgach, kadastr hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirib berish uchun ayolga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish joiz, bugungi kunga qadar Konimex tuman adliya bo‘limiga 300 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning 87 foizi ijobiy qanoatlantirilib, qolganlari tegishliligiga ko‘ra davlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. Fuqarolarga 1000 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, tumanda joriy yilning shu davriga qadar 355 nikoh, 145 ta ajrim, 38 ta o‘lim holati va 181 ta otalikni belgilash qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 31-oktabrdagi 124-um-sonli buyrug‘iga asosan Sayxunobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K.Botirovning SI№ 0008 raqamli litsenziyasi amal qilishi 2023-yil 1-noyabrdan bir oy muddatga to'xtatildi.

Avval xabar berilganidek, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Jizzax viloyatida xizmat safarida bo’lib, Forish tumani adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushayotgan hujjatlar va tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklarni haqida firk almashildi.
Shuningdek, markazlar faoliyati davomida qonunchilikka amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.