ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi — 2023” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yoshlar bilan muloqot

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xatirchi tumandagi alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan, xususan, kam ta’minlangan oila farzandlari, profilaktik nazoratda turgan va nogironligi bor yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda muloqot tashkil etildi.

Aytish kerakki, adliya boshqarmasi bu yerdagi yoshlar bilan individual ravishda ishlab, ularning muammolariga amaliy yechim topishda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda. Bu galgi suhbat ham yoshlar uchun samarali kechdi.

Muloqot davomida yoshlar bandlik, oilaviy munosabatlar,oliy ta'limga o'qishga kirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli shartlarda kredit olish singari masalalarda murojaat qilishdi.

Suhbat mobaynida ularning murojaatlari yuzadidan huquqiy tushuntirish berilib, tegishlilari ish yurituviga qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga muvofiq qayta ko‘rib chiqiladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Xovos tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Tadbirda dastavval vazirlik mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 5 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va pazandachilik uskunalari, 2 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi. Masalan, fuqarolar G.Isayeva hamda X. Atabayevning moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yechim izlandi. Hozirda foydalanilmay kelinayotgan binoni ijaraga olish yoki xususiylashtirishda amaliy yordam so‘rab mas’ullarga yuzlangan Q.Botirovning murojaati yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal soha, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq 30 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul mobaynida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 23-oktabrdagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Islomov (litsenziya AN 0046, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 24-oktabr kunidan 2023-yil 24-noyabr kuniga qadar 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari