ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Situatsion markaz” hamda yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyatini doimiy kuzatib boruvchi “Situatsion markaz” bilan tanishdi.

Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli doimiy nazorat qilib boriladi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov ta'mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Adliya vaziri ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 25-oktabr kuni Adliya vazirligida “O‘zbekistonda yuridik yordam mexanizmlarini mustahkamlashning hamkorlik yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov:

— Bugungi kunda "pro bono" doirasida advokatlar tomonidan ham bepul, beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda, yuridik sohada ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassalari qoshida tashkil etilgan yuridik klinikalar va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ham aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Masalan, 2023-yilning birinchi yarmida 100 ming nafardan ortiq fuqarolarga “Madad” NNT tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda advokatlar tomonidan 111 055 nafar fuqarolarga "pro bono" doirasida bepul beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari ham ushbu sohaning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakil o‘rinbosari A.Karman bilan uchrashdi

Bugun, 25-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari Anas Karman o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshida, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonlarni BMT Ustavining 78-yilligi bilan samimiy qutlab, ushbu sananing ramziy ma’noda millatlarni birlashtiradigan, tinchlik, barqaror rivojlanish va butun jahonda inson huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida vazirlik va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bugungi kundagi holat, jumladan, yutuq va kamchiliklar hamda loyiha ko‘magida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

A.Karman o‘z navbatida, yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgani va tashrif davomida davlat xizmatlari markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, yo‘lga qo‘yilgan islohotlarga yuqori baho berdi hamda vazirlik jamoasiga ushbu samarali natijalar uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

M.Ikramov tomonidan aholiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar vazirlik va Dasturning birgalikdagi mehnati ekanligi e’tirof etilib, loyihalarning kelajakda yanada samarali ishlashi uchun soha yuzasidan qator takliflar taqdim etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va loyihalarni yo‘lga qo‘yishda vazirlikning samarali faoliyatiga alohida urg‘u bergan holda, hamkorlikning keyingi bosqichlari yanada yuqori natijalarga boy bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

@adliyangiliklari